Qoniyadagi «Mavlona» muzeyini ziyorat qilganlar soni ortdi

Mavlona Jaloliddin Rumiyning qabri joylashgan Qoniyadagi «Mavlona» muzeyini ziyorat qilganlar soni ortdi.

2227145
Qoniyadagi «Mavlona» muzeyini ziyorat qilganlar soni ortdi
mevlana muzesi2.jpg
mevlana muzesi1.jpg
mevlana muzesi.jpg

So‘fiy shoir va islom dini ulamoasi Mavlona Jaloliddin Rumiyning qabri joylashgan Turkiyaning Qoniya shahridagi «Mavlona» muzeyi, o‘tgan yili 3 million nafardan ortiq ziyoratchiga quchoq ochdi.

Mavlonaning «Nima bo‘lsang ham kel» degan chaqirig‘iga amal qilgan holda «Mavlona» muzeyiga har yili kelgan sayyohlar soni o‘tgan yili yana – da ortdi. Shu doirada mazkur muzeyga dunyoning to‘rt burchagidan 2023 - yili 2 million 918 ming 280 nafar sayyoh kelar ekan, 2024 - yili ular soni 129 ming 775 nafarga ko‘paydi.

Muzey, o‘tgan yili 3 million 48 ming 55 nafar ziyoratchi kuzatdi.

Madaniyat va e’tiqod turizmi doirasida yil davomida ko‘plab mahalliy va chet ellik sayyohlar uchragan muzeyda 10 mingga yaqin eksponat mavjud.

Viloyat Madaniyat va turizm direktori o‘rinbosari Mehmet Yunden, Mavlono muzeyining 3 million 48 ming ziyoratchi bilan Madaniyat va turizm vazirligi qoshidagi muzeylar orasida birinchi o‘rinda ekanini qayd etdi.

Muzeyga tashrif buyurganlar yurtiga nazar tashlanganida, Mavlonaning universalligiga guvoh bo‘lganliklarini tilga olgan Yunden:

«Mavlona muzeyiga eng ko‘p qiziqqan davlat Erondir. Oxirgi paytlarda bizga Birlashgan Arab Amirliklari, Yaqin Sharq va Ko‘rfaz davlatlaridan jiddiy sayyohlar kelmoqda. G‘arbdagi musulmonlardan ham katta qiziqish bor. Boshqacha qilib aytganda, palonchi mintaqadan ko‘proq ziyoratchi kelyapdi deyolmaymiz. Shu jihatdan olib qaraganda ham Mavlona muzeyi va destinatsiyasiga o‘xshash boshqa joy yo‘q. Biz hech qachon eshitmagan kichik mamlakatlardan tortib Afrika va Uzoq Sharqdan kelganlar, bizda turli his - tuyg‘ular uyg‘otmoqda», - degan ifodalarga o‘rin berdi.

 



Aloqador xabarlar