Trabzondagi Sumela monastiri sayyohlar ardog'ida

YuNESKOning Butunjahon merosi ro'yxatiga kiritilgan monastir Trabzondagi madaniyat va tabiat ixlosmandlarining sayohat qo'llanmalarida doimo birinchi o'rinda turadi.

2203780
Trabzondagi Sumela monastiri sayyohlar ardog'ida

 

Turkiyaning Trabzon viloyatidagi Sumela monastiri joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida 395 ming 994 sayyohni kutib oldi.

Oltindere vodiysi milliy bog'i hududida 300 metr balandlikdagi qoyaliklarga o'yib qurilgan tarixiy monastir tashrif buyuruvchilarga tabiat, tarix va madaniyatdan bahramand bo’lish imkoniyatini taqdim etadi.

YuNESKOning Butunjahon merosi ro'yxatiga kiritilgan monastir Trabzondagi madaniyat va tabiat ixlosmandlarining sayohat qo'llanmalarida doimo birinchi o'rinda turadi.

Turizm mavsumini yakunlagan Sumela monastiri sayyohlarga nafaqat manzarasi bilan balki, trekking, tog' velosipedi va foto safari kabi turli imkoniyatlarni taqdim etadi.

“Aziz Varvara” nomi bilan mashhur Aya Varvara cherkovi bilan ham diqqatni tortgan Sumela monastiri mintaqadagi tarix, madaniyat va tabiat turizmiga katta hissa qo’shmoqda.

Viloyat Madaniyat va Turizm Mudirligi xodimlaridan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-sentyabr oylari davomida Sumela monastiriga 395 ming 994 sayyoh tashrif buyurgan.

Monastga yozgi turizm mavsumida jumladan, avgust oyining o’zida 111 ming 814 nafar sayyoh keldi.


Tanlangan kalimalar: #Sumela Monastiri , #Turkiya

Aloqador xabarlar