Kun tahlili-44

SETA tashkilotining tashqi aloqalar bo’yicha mas’ul vakili tadqiqotchi Jan Ajunning mavzu haqidagi mulohazalarini e’tiboringizga havola etamiz.

2204933
Kun tahlili-44

 

Isroilning Tehronda Xamas yetakchisi Ismoil Haniyani oʻldirishi va Livandagi Hizbulloh yetakchilariga qarshi hujumlari bilan qudrati sinovdan o’tkazilgan Eron Isroilga ballistik raketalar bilan javob berdi.

Isroil ham Eronga javob sifatida hujum qildi. Bu kutilganidek katta hujum bo'lmasa-da, Eronning havo mudofaa tizimlari va ba'zi muhim harbiy ob'ektlariga zarba berildi. Endi butun nigohlar Eronda.

Isroil o’tgan hafta Eronga qarshi uzoq kutilgan hujumini amalga oshirdi. Iroq va Suriya havo hududidan foydalanib, taxminan 100 ta F16-F15 va F35 jangovar samolyotlar bilan 3 tomondan Eronga hujum qildi.

OSINT manbalariga ko'ra, birinchi tasvirlar Eronning havo mudofaa tizimlari va ba'zi muhim raketa va qurol ob'ektlariga zarba berilganini ko'rsatadi. Eron bayonotiga ko'ra, hujumda 5 kishi halok bo'lgan. Ammo, aytish mumkinki, hujum kutilganidek kuchli emas, balki nisbatan cheklangan jangovar harakat edi.

Albatta, bu yerda AQShning Isroilga bosimi va operatsiyani qo‘llab-quvvatlamasligi katta ta’sir ko‘rsatadi. Oxir oqibat, Eron va Isroil o'rtasida taxminan 1500 km masofa mavjud va Isroilning texnik vositalari va imkoniyatlari mumkin bo'lgan variantlarni cheklaydi.

Yana Isroilning Eron yadroviy dasturiga qarshi birgalikda operatsiya o'tkazish taklifi AQSh tomonidan rad etildi, Eronning neft eksport infratuzilmasiga sodir etilgan hujum ham AQSh tomonidan to’xtatib qolindi.

Aftidan, Netanyaxu o'zi xohlagan narsaga erisha olmadi, shuning uchun Eronning keskin bayonotlariga qaramay, javob kutilmayotir. Bu omillar qisqa muddatda yirik davlatlararo urush ehtimolini kamaytiradi. Biroq, Isroil nafaqat G'azoda, balki Janubiy Livanda o'z ishg'olini davom ettirar ekan, tinch aholi qirg'inlari davom etmoqda.

Hamas va Hizbulloh esa partizan tipidagi assimetrik qarshiliklari bilan Isroil armiyasiga katta talofatlar yetkazmoqda. Isroil uchun bunday katta yo'qotishlarga uchragan holda hozirgi vaziyatni saqlab qolish oson ko'rinmaydi. Yana Isroil fuqarosi bo'lgan falastinliklar o'zlarining fidokorona harakatlari bilan deyarli har kuni Isroil ichkarisida hujumlar uyushtirmoqda, bu esa Isroilni holdan toydiradigan holatlardan biridir.

Aftidan, Netanyaxu va uning harbiy kabineti ehtimoliy Tramp davrini kutmoqda. Taxminlarga ko'ra, AQSh Tramp boshchiligida Isroilni yanada agressivroq qo'llab-quvvatlaydi, ammo Eron bilan urushda bevosita ishtirok etishi kutilmaydi.

Bunday holat AQSH manfaatlariga xizmat qilmasligi aniq, sionistlar bilan til topishib saylovlarda ustunlikka erishmoqchi boʻlgan Tramp prezident boʻlsa, qanday siyosat yuritishi hozircha nomaʼlum.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Isroil , #Eron

Aloqador xabarlar