Turkiya jahon mebel eksportida yettinchi oʻrinda

xalqaro mebel koʻrgazmasi Turkiyaning yirik shahri Istanbulda oʻz ishini boshladi.

2233017
Turkiya jahon mebel eksportida yettinchi oʻrinda

Turkiya Respublikasi Savdo vaziri Oʻmer Boʻlatning qayd etishicha, Turkiya, jahon mebel eksportida yettinchi oʻrinda.

Mebel uyushmalari federatsiyasi (MOSFED) tomonidan bir vaqtning oʻzida ham Tuyap Kongress va yarmarka markazi hamda Istanbul yarmarka markazida uyushtirilgan xalqaro mebel koʻrgazmasi Turkiyaning yirik shahri Istanbulda oʻz ishini boshladi.

Shu doirada Istanbuldagi yarmarka markazida boʻlib oʻtgan ochilish marosimida soʻzga chiqqan Oʻmer Boʻlat, turk mebel tarmogʻi eksportga ochilishi ortidan dunyo miqyosida shuhrat qozonganini ta’kidladi va bu haqida:

«Turkiyaning jami mahsulot eksportining 2 foizni tashkil etgan mebel tarmogʻi, jahon mebel eksportining ham 2 foiziga yetib, dunyoda 7 - oʻringa koʻtarildi. Birgalikda yanada yuqorilarga yoʻl olamiz», - degan ifodalarga oʻrin berdi.



Aloqador xabarlar