OKHAN barcha sinovlardan muvaffaqiyatli ravishda oʻtdi

Turk mudofaa sanoati doirasida ishlab chiqarilgan va OKHAN deb nomlangan insonsiz dengiz vositasi test sinovlarini muvaffaqiyatli ravishda yakunladi.

2232547
OKHAN barcha sinovlardan muvaffaqiyatli ravishda oʻtdi

Turkiyaning Mersin shahridagi Turk mudofaa sanoati doirasida ishlab chiqarilgan va OKHAN deb nomlangan insonsiz dengiz vositasi test sinovlarini muvaffaqiyatli ravishda yakunladi.

Mersin Teknoparkda faoliyat yurituvchi Kayaji mudofaa tomonidan ishlab chiqarish ishlari 2018 – yili boshlagan OKHAN, dengizning murakkab sharoitlarida faoliyat yurtishga moʻljallangan.

Sohil xavfsizlik qoʻmondonligi bilan olib borilgan loyiha doirasida dengizda turli sharoit va vaqtlarda nazorat qilingan avtonom dengiz vositasi, test sinovlaridan muvaffaqiyatli ravishda oʻtdi.

Uzunligi 11,5 metr, og‘irligi esa 7 tonnani tashkil etgan OKHAN 390 ta ot kuchiga ega dvigateli bilan 27 tugun tezlikka erisha oladi.

OKHANning sayohat masofasi 350 dengiz miliga yetishi mumkin.

Yuqori manevr qobiliyatiga ega bo‘lgan avtomobil, to‘siqlardan qochish manevrlarini avtonom tarzda amalga oshirishi mumkin.

Kayaji Mudofaa Ar - Ge direktori va Mersin universiteti Muhandislik fakulteti Elektr va elektronika muhandisligi bo‘limi o‘qituvchisi professori doktor Janer O‘zdemir OKHANning moviy suvlarda nazorat, kashfiyot va kuzatuv faoliyatlarida qo‘llanilishini qayd etdi.

O‘zdemir, uning Turkiya mudofaa sanoati doirasida ishlab chiqarilganini ta’kidlar ekan mavzu haqida:

«Vosita ustidagi radar, termal va tungi ko‘rish kameralari kabi ko‘plab xususiyatlar bilan sun’iy intellekt yordamida o‘zining qaror qabul qilish mexanizmini oladi va o‘z vazifalarini muammosiz bajaradi», - dedi.

O‘zdemir, OKHAN birinchi navbatda Sohil xavfsizlik qo‘mondonligi tomonidan qo‘llanilishini ifoda etib:

«OKHAN Mudofaa sanoati raisligi koordinatsiyasida oʻtkazilgan barcha sinovlardan muvaffaqiyatli oʻtdi. Hozirda uni inventarizatsiyaga kiritish boʻyicha yakuniy muzokaralar olib borilmoqda», - deya gapirdi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Turk mudofaa sanoati , #OKHAN

Aloqador xabarlar