Turkiya xandon pista eksportidan 229 million 777 ming dollar daromad oldi

Turkiya 2024 - yilgi xandon pista eksportidan roppa - rosa 229 million 777 ming dollar daromad oldi

2231011
Turkiya xandon pista eksportidan 229 million 777 ming dollar daromad oldi

Turkiya oʻtgan 2024 - yili dunyoning 96 ta davlatiga xandon pista eksport qilib, undan 229 million 777 ming dollar daromad oldi.

Janubi - Sharqiy Anado‘li eksportchilar uyushmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 - yili Turkiyadan 150 million 906 ming dollarlik xandon pista eksport qilindi. 2024 – yili esa eksport hajmi 2023 - yilga nisbatan 52 foizga oshib, undan olingan daromad 229 million 777 ming dollarga yetdi.

Oʻtgan yili dunyoning roppa – rosa 96 ta davlatiga xandon pista eksport qilindi. Ushbu davlatlar qatorida Germaniya, Italiya, Qozogʻiston, Iroq, Qirgʻiziston, Xitoy, Tojikiston, Britaniya, Albaniya, Birlashgan Arab Amirliklari, Hindiston, Turkmaniston, Shveytsariya, Ispaniya, Polsha, Malta, Gana, Yaponiya, Kuba, Ruminiya va Norvegiya ham oʻrin oldi.

Turkiya eng koʻp Germaniyaga xandon pista eksport qildi va undan 49 million 409 ming dollar daromad oldi. Roʻyhatning keyingi qatoriga Italiya kiritilar ekan, undan 47 million 523 ming dollar; Qozogʻistonga yoʻlga qoʻyilgan xandon pista eksportidan esa 12 million 108 ming dollar daromad olindi.



Aloqador xabarlar