Oʻtgan yili Turkiyaning gilam eksportida ortish kuzatildi
Turkiyaning gilam eksporti oʻtgan 2024 – yili 2023 – yilga nisbatan 4,2 foizga ortdi.
Turk gilam ishlab chiqaruvchilari oʻtgan 2024 - yili 589 million 199 ming kvadrat metrlik gilam eksportidan 2 milliard 867 million 477 ming dollar daromad oldi.
Turkiyaning gilam eksporti oʻtgan 2024 – yili 2023 – yilga nisbatan 4,2 foizga ortdi.
Eng yuqori daromad 2 milliard 219 million 340 ming dollar bilan mashinada ishlab chiqarilgan gilamlardan olingan.
Amerika Qoʻshma Shtatlari 784 million 315 ming dollarlik eksport bilan ushbu bozordagi eng katta xaridor edi. AQShdan keyin 287 million 165 ming dollar bilan Saudiya Arabistoni, 264 million 258 ming dollar bilan Iroq va 187 million 453 ming dollar bilan Angliya oʻrin oldi.
Turkiya gilam sanoatining joriy 2025 - yildagi eksporti esa yanada oshishi kutilmoqda.
Aloqador xabarlar
Kapadokiyaga kelgan sayyohlar sonida ortish kuzatildi
O‘tgan 2024 - yili 2023 – yilga nisbatan Kapadokiyaga kelgan sayyohlar sonida ortish kuzatildi.