Rossiya tabiiy gazini Xitoyga yetkazadigan quvur ishga tushdi

“Sharq yo‘li” deb nom olgan 5111 kilometrlik quvur orqali 9 ta hududdagi qariyb 450 million aholiga davlat darajasida har yili 38 milliard kub metr tabiiy gaz yetkazib beriladi.

2216389
Rossiya tabiiy gazini Xitoyga yetkazadigan quvur ishga tushdi

 

Rossiya tabiiy gazini Sharqiy Sibirdan Xitoyning aholi zich joylashgan shimoliy va sharqiy mintaqalariga tashish uchun qurilgan quvur ishga tushdi.

Xitoy davlat televideniyesi CCTV xabariga ko'ra, gaz shimoli-sharqidagi Heylongciang provinsiyasidagi Xeyxi shahridan boshlanib, mamlakatning sharqiy sohilidagi eng yirik shahri Shanxaygacha cho'zilgan quvur orqali gaz o'tkazila boshlandi.

“Sharq yo‘li” deb nom olgan 5111 kilometrlik quvur orqali 9 ta hududdagi qariyb 450 million aholiga davlat darajasida har yili 38 milliard kub metr tabiiy gaz yetkazib beriladi.

Tszyansu provinsiyasi va Shanxay shahri o‘rtasidagi quvurning janubiy qismining qurilishi o‘tgan oy yakunlangani ma’lum qilindi.

2022-yil 4-fevralda Xitoy bilan Rossiyaning “Sibir qudrati” quvuriga qo‘shimcha ravishda yangi quvur qurish bo‘yicha 30 yillik gaz yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolangan edi.

Taxminan o'sha paytda Rossiya-Ukraina urushi boshlanganidan keyin AQSh va Yevropa tomonidan sanksiyalarga duch kelgan Rossiyaning energiya uzatish uchun Xitoyga murojaat qilgani kuzatilmoqda.

Urush tufayli Yevropa va Rossiya o'rtasidagi tabiiy gaz oqimi to'xtab qolgan bu davrda Xitoy ko'p aholisi va rivojlangan sanoatining energiya ehtiyojlari bilan Rossiya tabiiy gazi uchun muqobil manzil sifatida ajralib turadi.


Tanlangan kalimalar: #Rossiya

Aloqador xabarlar