Turkiyada noyabr oyida 22 mlrd 300 mln dollarlik eksport amalga oshirildi

Turkiya Savdo vaziri O'mer Bolat Turkiyaning noyabr oyidagi tashqi savdo ma'lumotlarini e'lon qildi.

2216197
Turkiyada noyabr oyida 22 mlrd 300 mln dollarlik eksport amalga oshirildi

 

Turkiya Savdo vaziri O'mer Bolat Turkiyaning noyabr oyidagi tashqi savdo ma'lumotlarini e'lon qildi.

Vazirning qayd etishicha, noyabr oyida 22 milliard 300 million dollarlik eksport amalga oshirilgan.

O'mer Bolat yanvar-noyabr davrida eksport 5 milliard 800 million dollar ortib, 238 milliard dollardan oshganini ta'kidladi.

Yanvar-noyabr davrida eksporti eng ko'p ortgan sektorlar findiq va undan tayyorlangan mahsulotlar, avtomobil va po'latdir. Aksariyat eksport Germaniyaga amalga oshirildi.

Germaniyadan keyin AQSh va Buyuk Britaniya joy oldi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya

Aloqador xabarlar