Turkiyaning turizm daromadida o‘sish qayd etildi
Turkiyaning bu yilgi turizm daromadida o‘sish qayd etildi.
Turkiyaning turizm daromadi 2024 - yilning uchinchi choragida o‘tgan yilning xuddi shu davriga nisbatan 3.9 foiz ortib, 23 milliard 219 million 751 ming dollarga yetdi.
Turkiya Statistika tashkiloti (TUIK), joriy yilning iyul - sentabr oylarini o‘z ichiga olgan davr uchun turizm statistikasini ma’lum qildi.
Shunga ko‘ra turizm daromadi o‘tgan yilning xuddi shu choragiga nisbatan 3.9 foiz ortib, 23 milliard 219 million 751 ming dollar deb qayd etildi.
Turizmdan olingan daromadning 14.7 foizi mamlakatga chet elda kelgan sayyohlardan qo‘lga kiritildi.
Tashrif buyurganlar soni 23 million 206 ming 579 nafarga yetar ekan, bir kechada o‘rtacha 95 dollar sarflangani aniqlandi.
Qo‘lga kiritilgan daromadlardan 35.1 foizi peket tur xarajatlaridan, 17.9 foizi oziq – ovqat va 10.9 foizi esa xalqaro transport xarajatlaridan kelib tushdi.
Aloqador xabarlar
Rossiyaning Yevropaga tabiiy gaz yetkazib berish faoliyati to‘xtadi
Rossiyaning Yevropaga tabiiy gaz yetkazib berish faoliyati kechadan e'tiboran to‘xtadi.