Kapadokiya chiroyi kechayu - kunduz sayyohlarni o‘ziga rom etadi
Kapadokiya chiroyi bundan buyon kechayu - kunduz sayyohlarni o‘ziga rom etadi.
Muhim turizm markazlaridan biri bo‘lgan Nevshehirdagi Kapadokiyaning Uchhisardan Goʻreme tomon davom etgan Guverjinlik vodiysi, tarixiy va tabiiy goʻzalliklari bilan sayyohlarni bundan buyon kechasi ham mehmon qiladi.
Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Erso‘y, ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali: «Respublikamizning 101 - yilligida Kapadokiya chiroyini abadiylashtirmoqdamiz...», - degan ifodalarga o‘rin berdi.
Erso‘y, unda, shuningdek:
«Uchhisardan Go‘reme tomon davom etgan Guverjinlik vodiysi, bundan buyon tarixiy va tabiiy go‘zalliklari bilan sayyohlarni kechasi ham mehmon qiladi. Respublikamiz soyasida tungi muzey faoliyatimiz doirasida biz yoritgan afsonaviy va betakror go‘zalliklar kechasi ham qoraymay, har doim porlab turadi», - deya gapirdi.
Aloqador xabarlar
Rossiyaning Yevropaga tabiiy gaz yetkazib berish faoliyati to‘xtadi
Rossiyaning Yevropaga tabiiy gaz yetkazib berish faoliyati kechadan e'tiboran to‘xtadi.