Turkiyaning olma va olma sharbati eksportida oʻsish kuzatildi

Turkiya bir yilda 5 million tonna olma ishlab chiqarishi orqali dunyoda birinchi oʻrinda.

2189714
Turkiyaning olma va olma sharbati eksportida oʻsish kuzatildi

Turkiya joriy yilning yanvar oyidan avgust oyiga qadar olma va olma sharbati eksportidan 321 million dollar daromad oldi.

Egey eksportchilar uyushmasi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, Turkiya bir yilda 5 million tonna olma ishlab chiqarishi orqali dunyoda birinchi oʻrinda ekani ta’kidlandi.

Bayonotda Egey meva va sabzavot eksportchilari uyushmasi rahbari Hayrettin Uchak bergan ma’lumotga tayangan holda 8 oylik olma sharbati eksportining oʻtgan yilning huddi shu davriga nisbatan 33 foiz ortgani va undan 181 million dollar daromad olingani qayd etildi.

Xuddi shu davrda yangi olma eksporti 21 foizga ortib, uning daromadi 140 million dollarga yetganini ifoda etgan Yavash:

«Olma va olma sharbati eksportimiz yanvar – avgust davrida 27 foizga oshib, daromadi 321 million dollarga yetdi. Olma eksport qilingan mamlakatlar soni 70 tani tashkil etadi. Hindiston bu borada eng koʻp eksport yoʻlga qoʻyilgan davlatlar qatoridan oʻrin oldi. Mazkur davlatdan olma eksporti ustidan 53 million dollar daromad olindi. Olma sharbati eksportida esa birinchi oʻringa AQSh kiritildi. Ushbu mamlakatdan qoʻlga kiritilgan daromad esa 96 foizni tashkil etadi».



Aloqador xabarlar