Mehmet Shimshek Anqarada Gilles Roth bilan uchrashdi
Roth, Shimshekning taklifi bilan Turkiyaga tashrif uyushtirdi.
2183787
Turkiya G‘aznachilik va moliya vaziri Mehmet Shimshek, Lyuksemburg Moliya vaziri Gilles Roth bilan uchrashdi.
Mavzu haqida vazirlikdan olingan ma'lumotlarga ko‘ra, Roth, Shimshekning taklifi bilan Turkiyaga tashrif uyushtirdi.
Shu doirada Rot bilan vazirlikda hay'atlararo uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda ikki davlat o‘rtasidagi moliyaviy xizmatlar sohasida olib borilgan hamkorlikni mustahkamlash, Bojxona ittifoqini yangilash, Yevropa ittifoqi bilan Turkiya o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish hamda uchinchi davlatlar bilan hamkorlikni oshirish masalalari muhokama qilindi.