Turk eksportida o‘sish kuzatildi
Turk eksportida 13,8 foiz o‘sish kuzatildi.
Turkiyaning eksporti iyul oyida o‘tgan yilning xuddi shu oyiga nisbatan 13,8 foiz ortdi.
Turkiya Statistika qo‘mitasi (TUIK) tashqi savdo ma’lumotlarini e’lon qildi.
Shunga ko‘ra turk eksporti 2024 - yilning iyul oyida o‘tgan yilning xuddi shu oyiga nisbatan 13,8 foiz o‘sib, 22 milliard 510 million dollarga yetdi.
Eksport hajmi 2024 - yilning yanvar - iyul oylarida ham o‘tgan yilning xuddi shu davriga nisbatan 4,1 foiz o‘sib, 148 milliard 738 million dollarga yetdi.
Turkiya joriy yilning iyul oyida eng ko‘p Germaniyaga eksport yo‘lga qo‘ydi va undan 1 milliard 752 million dollar daromad oldi.
Germaniyadan keyin navbat bilan Buyuk Britaniya, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Iroq va Italiyaga eksport yo‘lga qo‘yildi. Buyuk Britaniyadan 1 milliard 604 million dollar, Amerika Qo‘shma Shtatlaridan 1 milliard 441 million dollar, Iroqdan 1 milliard 59 million dollar, Italiyadan 1 milliard 29 million dollar daromad qo‘lga kiritildi.