Bodrumga kruiz kemasi orqali 1156 nafar yo‘lovchi keldi
Bodrumga «Vista» deb nomlangan kruiz kemasi orqali 1156 nafar yo‘lovchi keldi.
2182372
Turkiyaning Mug‘la viloyatiga qarashli Bodrum tumaniga «Vista» deb nomlangan kruiz kemasi orqali 1156 nafar yo‘lovchi keldi.
Marshall orollari bayrog‘i ilingan 242 metr uzunlikdagi kema, Bodrumdagi kruiz portiga langar tashladi.
Antaliya portidan kelayotgan kema 1156 nafar yo‘lovchi bilan 779 nafar xodimni tashir ekan, yo‘lovchilarning ko‘pchiligi AQSh va Britaniya fuqarolaridir.
Yuqorida nomi tilga olingan kema orqali kelgan sayyohlarning ba’zilari bojxona tartib - qoidalari ortidan Pashatarlasi va Kumbaxche plyajlari bo‘ylab sayr qilar ekan, ba’zilari esa bozorlarni aylanib, tarixiy joylarni ziyorat qildilar.