Pokistonning Baluchiston viloyatidagi ko‘mir konida sodir etilgan hujumda 20 kishi halok bo‘lgan

Davn gazetasining yozishicha, politsiya rasmiylar viloyatning Duki tumanidagi ko‘mir konida qurolli shaxslar tomonidan hujum sodir bo‘lganini ma’lum qilgan.

2197412
Pokistonning Baluchiston viloyatidagi ko‘mir konida sodir etilgan hujumda 20 kishi halok bo‘lgan

 

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Pokistonning Baluchiston viloyatidagi ko‘mir konida sodir etilgan qurolli hujumda 20 kishi halok bo‘lgan.

Davn gazetasining yozishicha, politsiya rasmiylar viloyatning Duki tumanidagi ko‘mir konida qurolli shaxslar tomonidan hujum sodir bo‘lganini ma’lum qilgan.

Rasmiylar, raketa va granatalar ham qo'llanilgan hujumda dastlabki ma'lumotlarga ko'ra 20 konchining hayotdan ko'z yumganini, 7 konchining yaralanganini ma'lum qildi.

Halok bo'lganlar orasida Afg'oniston fuqarolari borligi va jarohatlanganlarning kasalxonaga yuborilgani haqida ma'lumot bergan rasmiylar, hujumchilar shaxtadagi ba'zi mashinalarga o't qo'ygani va politsiya qurolli guruhni qidirayotganini ma'lum qildi.

Hozircha hech kim hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi.

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Hujum , #Kon , #Baluchiston , #Pokiston

Aloqador xabarlar