Putin Gruziya fuqarolarining mamlakatga kirish va chiqish tartibini soddalashtirdi
Farmon huquqiy axborotning rasmiy internet portalida e’lon qilindi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘z farmoni bilan Gruziya fuqarolarining mamlakatga kirish va chiqish tartibini soddalashtirdi.
Farmon huquqiy axborotning rasmiy internet portalida e’lon qilindi.
Hujjatga ko‘ra, o‘tgan yili joriy qilingan Rossiyaga kirish uchun vizasiz rejim endilikda “Rossiya Federasiyasiga mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida yoki vaqtinchalik 90 kundan ortiq muddatga kelgan Gruziya fuqarolariga ham tegishli. Ayni vaqtda Rossiya Federasiyasida qolish, shu jumladan ta’lim olish uchun ham.
Qayd etilganidek, ilgari Gruziya fuqarolarining ushbu toifalari Rossiyaga vizasiz kirish huquqiga ega emas edi.
Rossiya Prezidentlik saroyi matbuot kotibi Dmitriy Peskov, poytaxt Moskvada jurnalistlarga bergan bayonotida, Putinning qarori bilan Rossiya va Gruziya o'rtasidagi gumanitar aloqalarning mustahkamlanishiga umid bildirib, "Rossiyadagi gruzin diasporasi juda katta. Rus sayyohlar ham Gruziyaga sayohat qiladilar. Bu normal jarayon",-dedi
Farmon e’lon qilingan kundan boshlab – 10 oktyabrdan kuchga kiradi.
Putin Gruziya fuqarolari uchun 2000 yilda joriy etilgan viza rejimini 2023 yil 15 maydan boshlab bekor qildi. Shu bilan birga, Rossiya va Gruziya o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar tiklandi. Rossiya fuqarolari ham Gruziyaga vizasiz kirish huquqiga ega. Biroq, mamlakatlar o‘rtasida hali ham diplomatik aloqalar mavjud emas.