Isroilning Livanda uyushtirgan hujumi 9 kishi umriga zomin bo‘ldi
Isroilning Livanda peyjerlar orqali uyushtirgan hujumi 9 kishi umriga zomin bo‘ldi.
Isroilning Livanda peyjerlar orqali uyushtirgan hujumlari oqibatida 9 kishi halok bo‘lar ekan, 2 ming 800 nafar inson tan jarohati oldi. Halok bo‘lganlardan 1 nafari yosh bola, tan jarohati olganlarning 200 nafarining ahvoli esa og‘ir.
Mavzu haqida, Livan Sog‘liqni Saqlash vaziri Firas al – Abyod ma’lumot bo‘lishdi.
Ushbu ma’lumotga ko‘ra Sog‘liqni Saqlash vazirligi barcha tibbiy xodimlarini og‘ir tan jarohati olgan bemorlarga yordam berishga, Livan xalqini esa peyjerlardan foydalanmaslikka chaqirdi.
Livan hukumati peyjerlarning portlatilishini qoralab, bu holatni «Isroilning jinoyati va milliy mustaqillikning paymol qilinishi», - ekaniga e’tibor qaratdi.
Livan hukumati tomonidan berilgan bayonotda, Isroilning dahshatli hujumi har jihatdan jinoyat ekani ta’kidlandi.
Bayonotda shuningdek, Livan hukumati ushbu jinoyat bilan aloqali javobgarchilikni zudlik bilan olishlari uchun tegishli davlatlar va Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan kerakli aloqalar o‘rnatilganini ma’lum qildi.
Livan Hizbullohi ham, mamlakatdagi o‘z a’zolari foydalangan peyjerlarning portlashidan Isroilni mas’ul deb topdi va bunga albatta javob qaytarilishini qayd etdi.
Livan Hizbullohi mavzu haqida yozma ravishda bergan bayonotida, oʻzlari olib borgan tadqiqotlar va qoʻllaridagi maʼlumotlar asosida mamlakat aholisini nishonga olgan hujumdan butunlay Isroilni mas’ul deb topishini bildirdi.
Bayonotda shuningdek, bu hujum ustidan Isroil mutlaqo munosib jazo olishi ta’kidlandi.
Ijtimoiy tarmoqlarda kuzatilishicha, ba’zi peyjerlar, egalarining cho‘ntagi yoki qo‘lida ushlab turilgan paytda portlagan.
Eng yomoni, avval peyjerlar signal bergan, ortidan esa uning egalari jihozlarini qo‘liga olgan. Xuddi ana shu paytda portlash ro‘y bergan.
Ayni paytda, Eronning «Fors» deb nomlangan yarim rasmiy axborot agentligining o‘zi haqida ma’lumot berishni istamagan manbaga asoslangan xabariga ko‘ra, portlashlarda Eronning Bayrutdagi elchisi Emani ham jarohatlangan.
Boshqa tomondan, Isroilning xavfsizlik xodimlari Isroilning Livandagi hujumi ortidan paydo bo‘lgan taranglik yuzasidan shoshilinch ravishda yig‘ilishga chaqirilgan. Isroil rasmiylarining Livandagi hujumlarga nisbatan sukut saqlashi esa e’tiborlarni oziga jalb etmoqda. KANdagi xabarda, Bosh vazirlik idorasi tomonidan Isroil vazirlarini Livandagi portlashlar haqida bayonot bermasliklari ustidan ogohlantirilgani bildirildi.