Energiya kun tartibi-50

Suriyada harita o’zgardi, energiya manbalari boshqalar qo’liga o’tadimi?

2217772
Energiya kun tartibi-50

 

Suriya muxolifati taxminan 8 yil o’tib, yana olg’a siljishni boshladi. Avval Halab rejim kuchlaridan olindi, keyin muxolif kuchlar terror tashkiloti PKK/PYD qo'lida bo'lgan Tel Rifat hududini qo'lga kiritdi.

Suriyaning asosiy M-4 va M-5 magistrallari tutashgan Saraqib va ​​Xama ham muxolifat nazorati ostiga o‘tdi.

Rejim kuchlari va PKK/YPG ko'plab mintaqalarda qarshilik ko'rsata olmay chekinishga majbur bo'ldi. Shiddatli to'qnashuvlardan so'ng ayrim hududlar muxolifat tomonidan bosib olindi.

Muxolifatning olg'a siljishi terror tashkiloti PKK/YPGning Suriyadagi eng muhim daromad manbai bo'lgan neft va tabiiy gaz manbalari holatini ham kun tartibiga olib chiqdi.

Xalqaro hisobotlarga ko‘ra, Suriyaning xom neft zaxirasi 2,5 milliard barrelni tashkil qiladi.

Fuqarolar urushigacha mamlakatda yiliga oʻrtacha 9 milliard kub metr tabiiy gaz ishlab chiqarilar edi.

Bu miqdorlar unchalik katta bo'lmasa-da, Suriyaning fuqarolar urushidan oldingi ehtiyojlarini qondiradigan darajada edi.

Damashq rejimining mamlakatdagi ichki urushdan oldin ega bo'lgan energiya manbalari va ishlab chiqarish quvvatining katta qismi 2013-2015 yillarda terror tashkiloti DEASh qo'liga o'tdi.

DEASh Rakka, Xoms va Xasaka shaharlarini, shuningdek, Suriyaning eng yirik neft va tabiiy gaz konlarini o‘z ichiga olgan Dayr-az-Zorni egallab olgandi.

2016 yilga kelib, AQSh tomonidan qo'llab-quvvatlangan terror tashkiloti PKK/YPG energiya maydonlarining ko'p qismini egallab oldi.

SETA tashkilotining “Suriyadagi tabiiy resurslarga qarshi urush” nomli hisobotiga ko’ra, terror tashkiloti PKK/YPG tomonidan ishg’ol qilingan Firat daryosining sharqida joylashgan “Al-Omar maydoni” mamlakatning eng katta energiya hududi hisoblanadi.

Deyr az-Zorda joylashgan konda terror tashkiloti tomonidan kuniga o'rtacha 80 ming barrel neft ishlab chiqarilayotgani taxmin qilinmoqda.

Bundan tashqari, Dayr az-Zordagi Jafra, Arfa, Vard, Tanak, Kevabi, Kahar, Shueytat kabi 10 dan ortiq neft konlari ham PKK/YPG terror tashkiloti tomonidan ishg'ol qilingan.

Hisob-kitoblarga ko'ra, faqat ushbu mintaqadagi neft konlari mamlakatning barcha energiya resurslarining 30 foizini tashkil qiladi.

Xuddi shu xabarga ko'ra, PKK/YPG terror tashkiloti mamlakatning barcha energiya manbalarining qariyb to'rtdan uch qismini nazorat qilayotgani ta'kidlangan.

Taxminlarga ko'ra, AQSh ma'muriyatining ko'magiga ega bo'lgan PKK/YPG terror tashkiloti bu konlardan yiliga taxminan 1,1 milliard dollar neft daromadi oladi.

Terror tashkiloti PKK/YPG va rejim kuchlari Hasakada neft quduqlarini birgalikda nazorat qilmoqda.

Neft ishlab chiqarish davom etayotgan Rumeylan, Suveydiye va Karachok konlarida 350 ga yaqin kichik quduqlardan har kuni 30-35 ming barrel neft qazib olinmoqda.

Terror tashkiloti Suriyaning eng yirik tabiiy gaz inshooti Konokoni ham egallab oldi. Bu hududda har yili taxminan 1,4 milliard kub metr tabiiy gaz ishlab chiqarilishi taxmin qilinmoqda.

Hozirda muxolif kuchlarning Furat daryosining janubi tomon harakatlanishi ma'lum emas.

Biroq, muxolif kuchlar qo'l ostidagi hududlarda terror tashkilotining transport yo'llarini butunlay to’sib qo'ygani uchun terror tashkilotining bundan katta zarar ko'rishi kutilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya

Aloqador xabarlar