Energiya kun tartibi-45
Yaqin sharqda urush xavfi tobora kuchaymoqda.
Isroilning G'azoga hujumlari boshlanganiga ham mana 13 oy bo'ldi. Shu kungacha halok bo’lgan falastinliklar soni 50 mingdan oshdi. Minglab tinch aholining jasadi hamon vayronalar ostida. Yaradorlar soni 100 mingdan oshdi.
G‘azo sektoridagi 1,2 milliondan ortiq aholi doimiy ko’chib yashashga majbur bo’lmoqda.
Isroil ayni vaqtda 2023-yil 8-oktyabrdan beri Livanni nishonga olmoqda. Bu hujumlarda Livan Hizbullohi Bosh kotibi Nasrulloh halok bo'ldi. Isroilning Livanda 13 oydan beri uyushtirgan hujumlarida 3 mingga yaqin kishi halok bo’ldi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti va xalqaro hamjamiyat Isroilning tajovuziga qarshi hech qanday chora ko'rmadi. Tinch aholini nishonga olgan bombardimonlarning yana qachongacha davom etishi noma’lum...
OPEKning Isroilga, xususan, neft qazib oluvchi arab davlatlari va Fors ko’rfazi mintaqasiga qarshi hech qanday sanksiya qo’llamasligi islom olamida eng ko’p muhokama qilingan mavzulardan biridir.
Mutaxassislarning fikricha, ushbu jarayon 1973-yilda sodir bo‘lganidan mutlaqo boshqacha yo‘nalishda ketmoqda.
1973 yildagi Arab-Isroil urushidan keyin Saudiya Arabistoni boshchiligidagi davlatlar neft embargosini boshlagandi. AQSh bilan boshlangan embargo keyinchalik Gʻarbiy Yevropa va Yaponiyani ham qamrab oldi. Neftning barrel narxi bir necha oy ichida 4 baravarga oshib, 12 dollargacha ko'tarildi. Yevropada jiddiy inflyatsiya yuzaga keldi.
Avtomobil sanoati embargodan katta zarar ko'rdi, ayniqsa AQShda. Shu darajaga yetdiki, Yaponiya embargoga duch kelganida, Isroil bilan munosabatlarini eng past darajaga tushirdi.
Britaniya arab davlatlariga qarshi embargosini bekor qilar ekan, Isroilga esa, qurol embargosini joriy qildi.
Xalqaro hamjamiyatning mushtarak fikri shundaki, neft bo’yicha iqtisodiy siyosat olib borayotgan arab davlatlari global embargo qo'ya olmaydi.
Biroq, mintaqaviy inqirozning kuchayishi, Rossiya-Ukraina urushidagi kabi energiya uzatish liniyalari va yo‘llariga zarar yetkazilishi xalqaro hamjamiyatni xavotirga solmoqda...
Bu jarayon davomida Eron boshqa neft va tabiiy gaz ishlab chiqaruvchi mamlakatlardan farq qiladi. Eronning neft bozorlaridagi asosiy roli xalqaro bozorlarga bevosita ta'sir qiladi.
Xususan, Tehron-Tel-Aviv yoʻnalishidagi oʻzaro “raketa” jarayonining borishi va Isroilning Eron neft ob’yektlarini nishonga olishi neft narxiga bevosita taʼsir qilishi mumkin.
OPEK ma'lumotlariga ko'ra, dunyoning eng yirik 10ta neft ishlab chiqaruvchi mamlakati qatorida bo'lgan Eron yoz oxirida kunlik 3,3 million barrel neft ishlab chiqarish bilan oxirgi 5 yilning eng yuqori darajasiga erishdi.
Hatto, Yamandagi Husiylar tomonidan Qizil dengizdagi neft kemalarini nishonga olishi ham global neft savdosiga ta’sir qildi.
Ilgari bu hududdan yiliga oʻrtacha 33 mingta kema oʻtardi. Bu raqam 30 foizga kamaygani aytilmoqda.
Aloqador xabarlar
Energiya kun tartibi-52
Turkiyada kunlik neft ishlab chiqarishning 15% milliy manbalar hisobidan ta'minlandi.