Yevrosiyo kun tartibi - 44 (2024)
Dasturimizning bugungi sonida, Yevrosiyo qit’asida joylashgan respublikalar kun tartibidagi muhim voqealar haqida soʻz qilamiz.
2024 - yilning 20 - oktabri kuni Moldovada prezidentlik saylovi bilan bir qatorda mamlakatning Yevropa ittifoqi tarkibiga kirish siyosati bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tdi. Prezidentlik saylovida amaldagi prezident Maya Sandu 34,12 foiz, sobiq prokuror Aleksandr Stoyanogla esa 30,9 foiz ovoz oldi. Saylovning ikkinchi bosqichi 2024 - yilning 3 – noyabri kuni bo‘lib o‘tadi. Yevropa ittifoqi tarkibiga kirish siyosati bo‘yicha o‘tkazilgan referendum natijalariga koʻra, saylovchilarning 50.07 foizi «ha», 49.93 foizi esa «yo‘q» deb ovoz berdi.
2024 - yilning 21 - oktabri kuni Qozog‘iston Prezidenti Qasim - Jo‘mart To‘qayev Chexiya Respublikasi Tashqi Ishlar vaziri Yan Lipavskiyni qabul qildi. Ushbu qabulda Qozog‘istonning Chexiya va Yevropa ittifoqi bilan boʻlgan aloqalari qoʻlga olindi.
2024 - yilning 22 – 24 oktabri kunlari Qozon shahrida BRICS sammiti bo‘lib o‘tdi. Sammitda tor va kengaytirilgan majlislar uyushtirildi. «Adolatli global rivojlanish va xavfsizlik uchun ko‘p tomonlamalikni mustahkamlash», - mavzusidagi sammitda Ozarbayjon, Belarus, Birlashgan Arab Amirliklari, Boliviya, Bosniya va Gertsegovina, Xitoy, Janubiy Afrika, Hindiston, Falastin, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Kongo, Laos, Mavritaniya, Misr, O‘zbekiston, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston, Turkmaniston, Turkiya va Venesuela Prezidentlari; Hindiston, Armaniston, Efiopiya va Vetnam Bosh vazirlari ishtirok etdi. Bundan tashqari Bahrayn, Bangladesh, Braziliya, Indoneziya, Kuba, Nikaragua, Shri - Lanka va Tailand Tashqi Ishlar vazirlari, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi, Afrika ittifoqi rahbari kabi xalqaro tashkilotlarning bosh kotiblari jami dunyoning 36 davlati nomidan vakillar ishtirok etdi. Sammitda xalqaro inqirozlar, ko‘p qutbli dunyo, iqtisodiy hamkorlik, BRICS raqamli to‘lov tizimi kabi turli masalalar muhokama qilindi. Sammit yakunida BRICS Qozon deklaratsiyasi imzolandi. Sammit doirasida koʻplab ikki tomonlama uchrashuvlar boʻlib oʻtdi. Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov, yana 13 davlatning BRICS tarkibiga kirish niyatida ekanini maʼlum qildi.
BRICS sammiti doirasida Tatariston raisi Rustam Minnixanov Ozarbayjon, O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlari bilan alohida – alohida uchrashuvlar o‘tkazdi. Minnixonov ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun Prezidentlar Ilhom Aliyev, Shavkat Mirziyoyev va Serdar Berdimuhamedovni «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirladi.
2024 - yilning 22 - oktabri kuni Samarqand shahrida Qozog‘iston va O‘zbekiston Bosh vazirlari ishtirokida IV Transchegaraviy forum bo‘lib o‘tdi. Forumda Qozogʻiston va Oʻzbekiston chegarasidagi bojsiz savdo hududi foydalanishga topshirilishi maʼlum qilindi. Tomonlar qo‘shma savdo hajmini 10 milliard dollarga yetkazishni maqsad qilgan.
2024 - yilning 23 - oktabri kuni Ozarbayjon Mudofaa vaziri Zakir Hasanov Qirg‘izistonga rasmiy tashrif uyushtirdi. Hasanov Bishkek shahrida hamkasbi Baktibek Bekbolotov bilan uchrashdi. Uchrashuv yakunida ikki davlat vazirliklari oʻrtasida 2025 - yilga moʻljallangan harbiy hamkorlik rejasi imzolandi.
***
2024 - yilning 26 - sentabri kuni Istanbul shahrida Turkiy Davlatlari Tashkilotiga aʼzo davlatlar Sanoat, fan, texnologiya va innovatsiya vazirlarining 1 - yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yig'ilishda Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, Vengriya, Oʻzbekiston va Turkiyaning tegishli vazirlari ishtirok etdi. Uchrashuv yakunida Deklaratsiya imzolandi. Navbatdagi yig‘ilish Bokuda o‘tkazilishi ma’lum qilindi.
Aloqador xabarlar
Energiya kun tartibi-52
Turkiyada kunlik neft ishlab chiqarishning 15% milliy manbalar hisobidan ta'minlandi.