Turkiy tillarining sehrli dunyosi - 17

Dasturimizning bugungi sonida turkiy tillari keng tarqalgan davlatlardan yana biri boʻlgan Xitoy Xalq Respublikasi chegaralarida yashovchi sariq uygʻur turklari, sariq uygʻur turklari yashagan joy va sariq uygʻur turkchasi haqida soʻz qilamiz.

2205603
Turkiy tillarining sehrli dunyosi - 17

Uygʻur turklari 8 - asr oʻrtalarida hozirgi Moʻgʻulistonda (745 - 840) barpo etgan davlatining yiqilishi bilan vatanlarini tark etib, ularning bir qismi janubga, ikkinchi qismi esa janubi - gʻarbga koʻchib oʻtgan. Janubga ko‘chgan uyg‘ur turklari Qansu - uyg‘ur davlati, janubi - g‘arbga ko‘chgan uyg‘ur turklari esa Ko‘chu - uyg‘ur davlati tarkibida yangi ittifoq tuzdilar. Xitoy Xalq Respublikasi chegaralari ichida bugungi kunda sariq uyg‘ur turklari nomi bilan tanilgan uyg‘ur turklari yuqorida nomi tilga olingan Qansu - uyg‘ur davlati; yangi uygʻur turklari yoki hozirgi Sharqiy Turkiston hududida yashovchi uygʻur turklari esa Koʻchu - uygʻur davlati asoschilarining nevaralari hisoblanadi.

***

Tarixda Qansu - uygʻur davlati va Koʻchu - uygʻur davlati kabi ikki xil davlat ichida yangi ittifoq tuzgan turklar bugungi kunda yashab turgan hududlari, gapirgan tillari, madaniy hayoti va e’tiqodlari jihatidan bir – biridan farqli boʻlishlariga qaramay ularning hammasi qadimiy turkiy xalqining nevaralaridir.

Sariq uygʻur turklari bugungi kunda Xitoyning Qansu yoki Gansu mintaqasida, xususan, Sunon - sariq uyg‘ur avtonom tumaniga qarashli qishloqlarda yashaydilar. Bu yerdan tashqari ularning oz qismi Sharqiy Turkiston yoki Shinjon Uygʻur avtonom mintaqasining Qumul shahriga qarashli Daquanvan tumani, Getajing qishlogʻi bilan Changji Dungan avtonom mintaqasiga qarashli Manasi tumanida yashaydi. Sariq uygʻur turklari istiqomat qiluvchi Qansu mintaqasining Sunon - sariq uygʻur avtonom tumanidagi aholisi soni, 2017 - yilgi ma’lumotlarga koʻra 10 400 nafar atrofidadir.

Qondoshlari tomonidan «sarigʻ, seriq, sari uygʻur» deb atalgan sariq uygʻur turklari oʻzlarini «yugʻur/ yogʻur» hatto «sarigʻ uygʻur, yugʻur» deb tanishtiradilar. Xitoy manbalarida koʻproq moʻgʻullar davridan beri «sariq uygʻur» ma’nosida turli nomlar bilan uchragan sariq uygʻurlar, chagʻatoy turkchasida qalamga olingan «Tarih - i Rashidiy» deb nomlangan asarda ham «sariq uygʻur» degan nom bilan qayd etilgan. Ular, bugungi kunda Xitoy Xalq Respublikasi manbalarida «yugu» nomi bilan mashhurlar.

Oxirgi 20 – asrdan e’tiboran boshlangan sariq uyg‘urlar haqidagi tadqiqotlarda Qansu atrofidagi sariq uyg‘urlar nomida uchragan «sari» yoki «sarig‘» so‘zi uchun turkologlar tomonidan turli fikrlar ilgari surilgan. Ulardan ba’zilari sariq uyg‘ur turklarining sariq shapka yoki qalpoq, sariq kiyim – kechak kiyganliklari haqidadir.

Sariq uyg‘ur turklari orasida asosan buddizm va lamaizm keng tarqagan. Ularning ba’zilari esa eski dini qam yoki shamanlikka sig‘inadilar.

Sariq uygʻur turkchasi turkiy tillari tasnifida geografik va lingvistik tamoyillarga koʻra shimoli - sharqiy yoki Sibir guruhiga kiradi. Bu tasnifdan ham anglashilganidek, bugungi kunda Sharqiy Turkistonda soʻzlashiluvchi uygʻur turkchasidan farq qiluvchi sariq uygʻur turkchasi bugungi kundagi turkiy tillaridan koʻproq hakas, shor va fuyu turkchalariga oʻxshaydi.

Hozirgi kunda sariq uygʻur turkchasining yozma tili yoʻq faqatgina ogʻzaki til sifatida yashaydi. Sariq uygʻur turklari yashagan mintaqada rasmiy va ta’lim tilining xitoy tili boʻlishi, shuningdek, uning ijtimoiy va madaniy hayotdagi afzalliklari sariq uygʻur yoshlari orasida ona tilida soʻzlashish darajasini kamaytirdi. Shu bois ham sariq uygʻur turkchasi 2010 - yili UNESCO tomonidan nashr etilgan «Yoʻqolib ketish xavfi ostidagi tillarning qizil kitobi»da «yoʻqolib ketish xavfi ostidagi tillar» qatoridan oʻrin olgan.

***

Ushbu dastur Turkiya ovozi radiosi uchun filologiya fanlari bo‘yicha professor doktor Gulsum KILLI YILMAZ bilan maslahatlashgan holda filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (Ph.D) Saida BURKHANIDINOVA tomonidan tayyorlandi. 



Aloqador xabarlar