Turkiy tilining sehrli dunyosi - 13

Dasturimizning bugungi sonida, oʻz nomini qabila nomidan emas geografiya nomidan olgan va ilm olamiga 20 – asrda taqdim etilgan xuroson turklari, xuroson turklari yashagan joy va xuroson turkchasi haqida so‘z qilamiz.

2191867
Turkiy tilining sehrli dunyosi - 13

Xuroson nomi qadimgi fors tilidan kelib chiqqan boʻlib, «quyosh chiqqan joy, quyosh oʻlkasi; sharqiy hudud» degan ma’noni anglatadi. Xuroson tarixda Eronning shimoli - sharqida joylashgan juda keng geografik mintaqaning nomi edi. Bugungi kunda esa uning hududi uch qismga boʻlingan vaziyatda. Masalan Marv (Mari), Nesa va Serahs shaharlari Turkmaniston; Balx va Hirot shaharlari Afgʻoniston; qolgan qismi esa Eron chegaralari ichida joylashgan. Eng katta qismi Eron chegaralariga doxildir.

Ma’lum boʻlganidek Eron, dunyo tilshunosligi jihatdan eng oxiri kashf etilgan mintaqalardan biridir. Bu holat, ayniqsa, Eron tuproqlarida yashovchi turk xalqlarining tillariga tegishli desak mubolagʻa boʻlmaydi.

***

Hozirgi kunda Xuroson turklari asosan Eronning shimoli - sharqida joylashgan Shimoliy Xuroson va Razaviy Xuroson viloyatlarida istiqomat qiladi. Bu hududlarda yashovchi turk aholisining soni haqida aniq ma’lumot yoʻq lekin nemis olimi Gerhard Doerfer, 1977 - yili olib borgan tadqiqotlari natijasida xuroson turklarining aholisi soni nomi tilga olingan vaqtda taxminan 2 million ekanini ta’kidlagan.

Xuroson turklari o‘zlari yashayotgan geografiyaga XI asrda saljuqiylar boshchiligida kelganlar. Bu davrdan keyin turklarning Xuroson hududiga koʻchishi ortar ekan natijada, nomi tilga olingan mintaqa butunlay saljuqiylar hududiga aylandi. Bugungi kunda Eronning Xuroson hududida yashayotgan turklar, ana shu o‘g‘uz saljuqiylarining nevaralari ekani aytilmoqda.

Xuroson turkchasi bugungi kungacha olimlar tomonidan oʻrganilgan boʻlsa - da, uning til xususiyatlari haqida yetarli maʼlumotga ega emasmiz. Xuroson turklari, ularning tili va madaniyati ilm olamiga ilk bor 1926 – yili rus sharqshunosi Vladimir Alekseyevich Ivanov tomonidan olib kirilgan. Gerhard Doerfer (1977) esa, birinchilardan bo‘lib xuroson turkchasi haqida batafsil ilmiy – tadqiqot ishlari yuritib, mavzu haqida keng ko‘lamli ma’lumot bergan.

Doerfer bergan maʼlumotlarga koʻra xuroson turkchasi Eronning Xuroson mintaqasida yashovchi oʻgʻuz turklarining ona tilidir. Unda, oʻgʻuz tilining oʻziga xos xususiyatlarini koʻrish mumkin. Turkiy tillarining geografik va lingvistik tamoyillarga koʻra ham janubi - gʻarbiy yoki oʻgʻuz guruhiga kiradi. Xurosondan tashqari Turkmaniston shimolidagi tor mintaqada ham gapiriladi. Xuroson turklari oʻzlari yashayotgan geografiyada, ozarbayjon va turkman turkchalaridan farqlash uchun o‘z tillarini «Turkiy» deb ataydilar.

Xuroson, tarixdagi ko‘chib - qo‘nish va bosqin yo‘llarining chorrahasida joylashgan. Shu bois mintaqada turli irqlardan tashkil topgan aholi yashar ekan ayni vaqtda hududda turli tillarda so‘zlashiladi. Qolaversa Eronda rasmiy til fors tilidir va rasmiy til ijtimoiy, iqtisodiy hamda madaniy manfaatlarga egadir. Natijada Xuroson turkchasining qo‘llanilishi asta - sekin kamayib bormoqda. Bundan tashqari turk tilida ta’lim olish imkoni yo‘qligi, turk tilida yuritilgan ommaviy axborot vositalarining cheklanganligi va ba’zi turk oilalarining fors tilini o‘z ona tili sifatida qabul qilganliklari uchun xuroson turkchasining foydalanish sohasi yanada toraydi. Shunday ekan xuroson turkchasi, 2010 - yili UNESCO tomonidan chop etilgan «Xavf ostidagi tillarning qizil kitobi»da «oʻlib yoki yo‘qolib borayotgan tillar» ro‘yhatiga kiritildi.

***

Ushbu dastur Turkiya ovozi radiosi uchun filologiya fanlari bo‘yicha professor doktor Gulsum KILLI YILMAZ bilan maslahatlashgan holda filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (Ph.D) Saida BURKHANIDINOVA tomonidan tayyorlandi. 



Aloqador xabarlar