Yevrosiyo kun tartibi - 39 (2024)

Dasturimizning bugungi sonida, Turkiy Respublikalari kun tartibidagi muhim voqealar haqida soʻz qilamiz.

2191051
Yevrosiyo kun tartibi - 39 (2024)

2024 - yilning 15 – 18 sentabri kunlari Germaniya kansleri Olaf Schols, Markaziy Osiyo mamlakatlaridan O‘zbekiston va Qozog‘istonga rasmiy tashrif uyushtirdi. Schols shu doirada eng avvalo O‘zbekistonga bordi. Samarqand shahrida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya kansleri Olaf Schols bilan uchrashdi. Ushbu uchrashuv natijasida ikki davlat oʻrtasida 8 ta shartnoma imzolandi. Liderlar, ikki davlatning taniqli tadbirkorlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Ortidan esa, boshqaruv kadrlarini tayyorlaydigan qo‘shma maktabni ochib berdilar.

O‘zbekistondan Qozog‘iston tomon yo‘l olgan Germaniya kansleri Schols, 2024 - yilning 17 - sentabri kuni Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan Ikkinchi Markaziy Osiyo - Germaniya sammitida ishtirok etdi. Sammitda, Markaziy Osiyoda joylashgan davlatlarning liderlari toʻliq ishtirok etdilar. Sammit yakunida Qo‘shma deklaratsiya imzolandi. Sammit doirasida yetakchilar oʻrtasida ikki tomonlama uchrashuvlar boʻlib oʻtdi. Markaziy Osiyo respublikalari prezidentlari, Germaniya ishbilarmon dunyosining yetakchi vakillari bilan alohida - alohida uchrashuvlar ham o‘tkazdi.

2024 - yilning 16 - sentabri kuni Bishkekda Turkiy Davlatlari Tashkiloti Energetika vazirlari kengashining to‘rtinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Vengriya, O‘zbekiston va Turkiya energetika vazirlari va o‘rinbosarlari, tegishli davlatlarning elchilari ishtirok etdi. Yig‘ilish yakunida yakuniy deklaratsiya imzolandi.

2024 - yilning 19 - sentabri kuni Bishkek shahrida Qirg‘iziston - Vengriya strategik kengashining to‘rtinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishga Qirg‘iziston Tashqi Ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev bilan Vengriya Tashqi ishlar - tashqi savdo vaziri Peter Szijjarto raislik qildi. Yig‘ilish yakunida bayonnoma imzolandi. Huddi shu kuni Anqarada «2024 Turk - Vengr madaniyat yili simpoziumi» bo‘lib o‘tdi.

2024 - yilning 19 - sentabri kuni Turkiston shahrida Turkiy Davlatlari Tashkiloti Milliy Xavfsizlik kengashi rahbarlarining uchinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda, tashkilot tarkibidagi davlatlarning Milliy xavfsizlik kengashi bosh kotiblari ishtirok etdi.

2024 - yilning 19 - sentabri kuni Ostona shahrida Orol dengizini qayta tiklash xalqaro jamg‘armasi yetakchilari kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishda Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston nomidan vazirlar ishtirok etdi. Yig‘ilish yakunida 10 ta ko‘rsatma va 40 dan ortiq chora - tadbirlardan iborat Orol dengizini qutqarish bo‘yicha harakatlar rejasi imzolandi.

TURKSOY tashabbusi bilan 2024 - yilning 20 - sentabri kuni Bishkek shahrida «Qutadgu bilig va Turk dunyosi» deb nomlangan forum boʻlib oʻtdi. Forumda Ozarbayjon, Qozog‘iston, O‘zbekiston va Turkiya nomidan ko‘plab akademiklar ishtirok etdilar. Qirg‘iziston Vazirlar kengashi qarori bilan 21 - sentabr mamlakatda «Yusuf Xos Hojibni yodga olish kuni», - deb e’lon qilingandi.

2024 - yilning 21 - sentabri kuni Moskvada yigirmanchi xalqaro musulmonlar forumi uyushtirildi. Forumda Rossiya - islom dunyosi strategik qarashlar guruhi raisi, Tatariston Respublikasi raisi Rustam Minnixanov va boshqa Turkiy respublikalaridan vakillar ishtirok etdi. Forum doirasida Ravil Gaynutdin takror Rossiya Muftiylar kengashi raisi etib saylandi.

***

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev tomonidan imzolangan qaror asosida 20 - sentabr mamlakatda mustaqillik kuni sifatida nishonlanadi. Esingizda bo‘lsa, 2023 - yilning 19 – 20 sentabri kunlari Ozarbayjon armiyasi mamlakat hududini bo‘lginchi unsurlardan tozalab, Ozarbayjonning hududiy yaxlitligi to‘liq ta’minlangan edi.

 


Tanlangan kalimalar: #O‘zbekiston , #Qozog‘iston , #Olaf Schols

Aloqador xabarlar