Yevrosiyo kun tartibi - 37 (2024)

Dasturimizning bugungi sonida, Yevrosiyo qit’asida joylashgan respublikalar kun tartibidagi muhim voqealar haqida soʻz qilamiz.

2186397
Yevrosiyo kun tartibi - 37 (2024)

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin 2024 - yilning 2 – 3 sentabri kunlari rasmiy tashrif bilan Mo‘g‘ulistonda bo‘lib qaytdi. Vladimir Putin poytaxt Ulan - Batorda Mo‘g‘uliston Prezidenti Ukhnagiyn Khurelsukh, majlis raisi Amarbayasgalan Dashzegvin va Bosh vazir Oyun - Erdene Luvsannamsray bilan alohida – alohida uchrashuv o‘tkazdi. Muzokaralar yakunida ikki davlat oʻrtasida 5 ta shartnoma imzolandi. Rossiya Federatsiyasi Tabiiy resurslar va atrof - muhit vaziri Aleksandr Kozlov Rossiya, Mo‘g‘uliston va Xitoy yil oxirigacha 30 dan ortiq strategik loyihalarni birgalikda tayyorlashini ma’lum qildi.

Rossiya Federatsiyasi Davlat rahbari Vladimir Putin Mo‘g‘ulistondan Vladivostokga yo‘l oldi va Sharqiy iqtisodiy forumda ishtirok etdi. 2024 - yilning 3 – 6 sentabri kunlari bo‘lib o‘tgan forumda dunyoning 75 davlatidan 7 ming nafardan ortiq vakil ishtirok etdi.

2024 - yilning 3 - sentabri kuni Turkmaniston Tashqi Ishlar vaziri Rashid Meredov poytaxt Ashxobodda TURKSOY Bosh kotibi Sulton Raev bilan uchrashdi. Unda 300 - yilligi nishonlangan Mahtumquliy Firoqiy va Turk dunyosining madaniyat poytaxti deb e’lon qilingan Anau shahri bilan bog‘liq faoliyatlar qo‘lga olindi.

2024 - yilning 3 – 5 sentabri kunlari Ostona shahrida Raqamli inklyuziya va transformatsiya bo‘yicha Osiyo – Tinch okeani vazirlar konferensiyasi uyushtirildi. Unda dunyoning 60 dan ortiq davlati nomidan vakillar ishtirok etdi. Qozog‘iston Bosh vaziri Oljas Bektenov ham ishtirok etgan konferensiyada Osiyo - Tinch okeani mintaqasining raqamli transformatsiya hisoboti taqdim etildi.

2024 - yilning 5 – sentabri kuni Ukraina parlamenti Oliy Rada vazirlar kengashi tarkibida oxirgi yillarning eng yirik o‘zgarishlarini tasdiqladi. Ukraina hukumatidagi yetti vazirlikka yangi vazirlar tayinlandi.

2024 - yilning 6 - sentabri kuni Cho‘lpon - ota shahrida Turkiy Davlatlari Tashkiloti tarkibidagi davlatlarning Ichki ishlar vazirlari o‘rtasida birinchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Ushbu yig‘ilishda Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Turkiya Ichki Ishlar vazirlari ishtirok etdi. Yig‘ilish yakunida deklaratsiya imzolandi. Shu kuni Qirgʻiziston Prezidenti Sadir Japarov Turkiy Davlatlar Tashkilotiga aʼzo davlatlarning Ichki ishlar vazirlarini qabul qildi.

2024 - yilning 6 – 8 sentabri kunlari Xitoy Xalq Respublikasi Raisi o‘rinbosari Xan Zheng Mo‘g‘ulistonga tashrif uyushtirdi. Xitoy Xalq Respublikasi Raisi o‘rinbosari Xan Zheng shu doirada Mo‘g‘uliston Prezidenti Ukhnagiyn Khurelsukh, majlis raisi Amarbayasgalan Dashzevgem va Bosh vazir Oyun - Erdene Luvsannamsray bilan uchrashdi.

***

2024 - yilning 1 – sentabri kuni boʻlib oʻtgan Ozarbayjon parlamenti saylovi natijalari eʼlon qilindi. Saylov natijalariga ko‘ra, Yangi Ozarbayjon partiyasi 68 o‘rinni qo‘lga kiritib, birinchi partiya bo‘lishga muvaffaq bo‘ldi.

2024 - yilning 4 – 6 sentabri kunlari Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev amaliy tashrif bilan Italiyada bo‘lib qaytdi. Prezident Aliyev Italiya Prezidenti Sergio Mattarella va Bosh vazir Giorgia Meloniy bilan uchrashdi. Muzokaralardan so‘ng tomonlar o‘rtasida uchta shartnoma imzolandi. Prezident Aliyev ushbu tashrif doirasida xalqaro forumda ishtirok etib, nutq soʻzladi.

Rossiya Davlat rahbarining tashqi siyosat boʻyicha yordamchisi Yuriy Ushakov, Turkiyaning BRICS tarkibiga toʻliq aʼzo boʻlish uchun murojaat qilganini maʼlum qildi. Ushakov, shuningdek, Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻanning 2024 - yilning 22 – 24 oktabri kunlari Qozon shahrida boʻlib oʻtadigan BRICS sammitida ishtirok etish taklifini qabul qilganini ma’lum qildi. O‘tgan oyda Ozarbayjon BRICSga a’zo bo‘lish uchun murojaat qilgan edi.

 



Aloqador xabarlar