Turk dunyosiga bag‘ishlangan umr - 37

«Turk dunyosiga bag‘ishlangan umr» dasturining bugungi sonida taniqli turkolog Rashid Rahmatiy Arat haqida so‘z qilamiz.

2185896
Turk dunyosiga bag‘ishlangan umr - 37

Turkiy tillarini bir – biri bilan qiyoshlash yo‘li orqali tadqiq qilgan turk tilshunos olimlardan biri ordinaryus professor Rashid Rahmatiy Aratdir. Uning Turk dunyosi kelajagi uchun qilgan mehnatlarini bugungi kunda ham o‘z kuchini yo‘qotmagan bebaho asarlarida ko‘rish mumkin. Rashid Rahmatiy Arat, Qozon tatar turklaridandir. U, 1900 - yili Qozon viloyatiga qarashli Atna tumaniga qarashli Eski Ajim qishlog‘ida tug‘ilgan. Uning otasi professor Abdurashid Ismetulloh, onasi esa Mahbadar Honimdir. Boshlangich ta’limni Eski Ajim qishlog‘ida tamomlagan. O‘rta ta’limni esa bir amakisining yordami bilan hozirgi Qozog‘istonning Qizilyor shahrida o‘qidi. Keyinchalik o‘z holicha, boshqacha qilib aytganda yakka tartibda rus tilini o‘rgandi. Rossiyadagi inqilob ortidan to‘liq o‘rta maktabidan olinib, harbiy maktabga yuborildi, u yerdan esa urushga yuborildi.

Urush maydonidan 1919 – yili yarador holatda qaytib keldi va Manchuriyaning Harbin shahriga ko‘chirildi. Mazkur shaharda Qozon tatar turklari jamiyatida bir necha ijtimoiy faoliyatlarda ishtirok etib, turli jurnallarning chop etilishiga hissa qo‘shdi. Shu bilan birga, u 1921 - yili to‘liq o‘rta maktabini tamomladi. 1922 - yili esa taʼlim olish uchun Berlinga boradi va u yerda falsafa fakultetiga oʻqishga kiradi. Uning hayotidagi muhim burilish nuqtalaridan biri proffessor Willy Bangning turkologiya darslarida qatnashishi bo‘ldi. Berlindagi turk talabalar uyushmalarida faol ishtirok etdi.  U qozonlik Ayaz Isxoqiy rahbarligida nashr etilgan «Yana milliy yo‘l» deb nomlangan jurnalda bir necha maqola qalamga oldi.

Rashid Rahmatiy Arat doktoranturasini 1927 – yili tamomlab, Sharq tillari maktabida shimoliy turk tillar boʻyicha mutaxassis sifatida faoliyat yuritdi. 1928 - yili Berlin Fanlar akademiyasida ilmiy assistent sifatida ish yurita boshladi. 1931 - yili esa Berlin universitetining Sharq tillari kafedrasida dotsent boʻldi. Turkiyadagi universitet islohotidan so‘ng 1933 - yili Ta’lim vazirligi tomonidan Turkiyaga taklif qilinib, Istanbul universiteti Adabiyot fakulteti Turk tili va adabiyoti kafedrasi professori bo‘ldi. 1942 - yili Turk tarix jamiyati aʼzoligiga saylandi. U 1940 - 1950 yillarda Turkshunoslik instituti direktori lavozimiga koʻtarildi. U, 1949 - 1951 yillarda Londondagi Sharq va Afrika tadqiqotlari maktabiga tashrif buyurgan mehmon professorlardan biri sifatida dars berdi. 1958 - yilning 26 - aprelida ordinaryus professor bo‘ldi. 1964 - yilning 29 – noyabri kuni Istanbulda vafot etdi.

Rashid Rahmatiy Arat turkologiya sohasida turkiy tillar oʻrtasidagi qiyosiy tadqiqotlarning kashshofi sifatida tarix sahifasidan oʻrin oldi. U, shu boradagi ilmiy asari orqali ham turkologiya faniga ulkan hissa qo‘shdi. U, turkchilik harakati tuyg‘usi va puxta mehnati bilan o‘zining bebaxo asarlarini kelajak avlodga tuxfa qildi. Arat, Islom ensiklopediyasi uchun ham asarlar qalamga oldi. Shuningdek, u Turk madaniyati tadqiqot institutining asoschilaridan edi. Vafoti oldidan barcha kitoblarini nomi tilga olingan institutga bagʻishladi. Rashid Rahmatiy Arat koʻproq qadimiy turkiy tili, uyg‘ur davri til yodgorliklari ustida ishlagan. Qolaversa, u islomdan keyingi uygʻur matnlarini ilm olamiga tanitish uchun mehnat qilgan. Istanbul kutubxonalarida olib borgan izlanishlari natijasida koʻplab uygʻurcha matnlarni topdi. Arat qoraxoniylar davriga oid «Qutadgu bilig» va «Hibat - ul haqoyiq» asarlarini chop ettirganlardan biridir. U «Qutadg‘u bilig»ning uch nusxasini ham qiyoslab, natijada, asarning asliga eng yaqin nushasini tuzishga muvaffaq bo‘ldi. Kamiga uni turk tiliga tarjima qilib, ilm olamiga taqdim etdi. Bugungi kunda foydalanilgan va sotilayotgan eng keng va qamrovli «Qutadgu bilig» asari, haligacha bugungi dasturimiz qahramoniga oitdir. Hatto, turk dunyosi olimlari ham «Qutadgʻu bilig» asarini oʻz tiliga tarjima qilishda yana Rashid Rahmatiy Arat tuzgan asar nushasidan foydalanmoqdalar. «Hibat - ul haqoyiq» asarini ham qiyosiy matn, tarjima va indeksi bilan birgalikda chop ettirdi. Ushbu nashrlar bugungi kunda ham ushbu sohadagi tadqiqotlar uchun asosiy manbalardan biri boʻlib qolmoqda. Umrining oxirigacha tinimsiz mehnat qilgan Rashid Rahmatiy Arat hurmat ila yodga olingan olimdir va koʻplab muvaffaqiyatli shogirdlarni yetishtirib, Turk dunyosiga armagʻon qildi. Roppa – rosa 506 sahifalik «Eski turkiy she’rlar» kabi mazmunli faoliyat natijalari bilan maqola, kitob va tarixiy tadqiqotlar kabi asarlari soni roppa – rosa 123 taga yetdi. Oʻlimidan keyin shogirdi proffessor doktor Muharrem Ergin, «Uning vafoti nafaqat yurtimiz, balki turkshunoslik sohasi uchun ham katta yo‘qotishdir», - degan soʻzlar bilan Rashid Rahmatiy oʻlimidan qanchalik qaygʻuda ekanini ifoda etgan. Bu unutilmas olim konferensiyalarda, ilm - fan olamida hamisha yodga olinmoqda va bundan keyin ham har doim qalbimizda yashaydi. 

            

 

 

 

 



Aloqador xabarlar