TRT TV

Telekanallar

  TRT qoshida Juda ko’p sonda milliy va mintaqaviy  telekanal  efirga  uzatilmoqda, Turkiyaga va dunyoga "to'g'ri va xolis" axborot  xizmati berayotgan, TRT, ta’lim, madaniyat, hujjatli, drama, sport, musiqa va o'yin-kulgi dasturlari bilan, Anado’luning 99%ni qamrab, har yoshdan  tomoshabinlarga qaratilgan dasturlari bilan  xizmat berib kelmoqda.

Efirga uzatilayotgan TRT dasturlari turli yosh, kasb, ta’lim va madaniyat saviyadagi tomoshabinlarga   to’g’ri, xolis, aniq va tezkor  axborot xizmat berishni, ta’lim va madaniyatning rivojiga hissa qo’shishni,   ko’ngil ochar ekan ta’lim berishni va  keng tarqalgan shakli bilan milliy madaniyat integratsiyasini ta'minlashni  maqsad  qilib olmoqda.

TRT 1

TRT-  1  Oila telekanali bo’lib  Turkiyaning eng ko’p tomosha qilingan telekanalidir.  TRT-1 oila telekanali formatida,  ta’lim, madaniyat, drama, musiqa, o’yin- kulgi, sport va yangiliklar dasturi  bilan Turkiya bo’ylab efirga uzatilmoqda. TRT-1 99,9 % qamrash sohasi bilan Turkiyaning har yerida va internet orqali dunyo bo’ylab tomosha qilish mumkin.

TRT WORLD

TRT WORLD Dunyoga , butunlay ingliz tilida efir uzatilayotgan axborot kanalidir. TRT WORLD, jasur va insonga qaratilgan yangiliklar uslubi bilan o’z faoliyatlarini davom ettirmoqda.

TRT HABER

TRT- XABAR  joriy yangiliklar, siyosat, tahlil, munozara, sport, hujjatli, madaniyat va  san’atdagi oxirgi yangiliklar TRT XABARda, TRT  tajribasi bilan ekranlarda aks etmoqda. "to'g'ri va xolis" bo’lishni asos qilib olgan TRT XABAR, Hayotning barcha ranglari ekranlarda o’rin olmoqda. Siz ham to’g’ri  xabar olish haqidan foydalaning. Yangiliklar ekrani  TRT XABAR, har joyda...

TRT SPOR

TRT SPORT 2010 yili  Avgust oyida efir uzatish faoliyatiga boshlagan TRT Sport, milliy va xalqaro barcha sport musobaqalarini va tadbirlarni, jonli efir yoki lenta orali efirga uzatar ekan, sportning har tarmog‘iga  alohida e’tibor qaratmoqda.

TRT AVAZ

TRT AVAZ  2009 yili  mart oyida efirga uzatish faoliyatiga boshladi, O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Bosniya ve Gersegovina, Albaniya va Turkiya bilan bir qatorda  o’lkalarga  xos 8 tilda,  Uzoq sharqdan tutib Bolqonlargacha uzagan geografiyada   yashagan Turk olamiga qarata efirga uzatilayotgan telekanal,  Turkiya bilan boshqa Turk respublikalari orasida til va fikr birligini tashkil etmoqda. Ko’plab Turk lahjasida ovoz ma ‘nasiga  kelgan AVAZ, Turk  respublikalarining mushtarak  ovozi sifatida, Yaqin sharqdan Kavkazlargacha borgan  27 o’lka va 13 xud muxtor respublikada qarib 250 million aholiga ega  geografiyaga qarata efirga uzatilmoqda.

TRT ÇOCUK

TRT- Bolalar zamonaviy Turk bolalarining animatsiyadan tutib musiqa,  axborotdan sportgacha barcha ehtiyojlariga javob berayotgan telekanal, jismoniy, ruhiy, va axloqiy jihatdan sog’lom avlodlar yetishtirishga hissa qo’shishni  maqsad qilib olgan. Universal  pedagogik  andazalarda sifatli, zamonaviy va mas’uliyatli  efirga uzatish  faoliyati bilan bolalarning rivojlanishini qo’llab- quvvatlagan va rahnamo bo’lishni asos qilib olgan TRT Bolalar,   Turk tili  va madaniyatini to’g’ri  ravishda tanitishda, bolalar, o’ynab ,o’yin- kulgi yordamida ta’lim berish va ongini oshirish maqsad qilib olinmoqda. 

TRT BELGESEL

TRT- hujjatli telekanali Turkiyani ingliz, Nemis,  fransuz, rus va turk tili bilan bir qatorda besh farqli tilda tanitayotgan TRT- hujjatli telekanali, tarix, jamiyat, tabiat, atrof- muhit, sport , madaniyat, , san’at, fan , texnologiya sohalarida hujjatli dasturlar  efirga uzatib kelmoqda. O’tmishni kelajakka  yetkazib berayotgan va tabiatning izini  tadqiq qilgan telekanal 2009- yil  17- oktabrda efirga boshladi.

TRT MÜZİK

 

TRT- musiqa telekanali Turkiya va  dunyo musiqasini efirga uzatib,  tanlov dasturlari, musiqa, hujjatli, konsertlar,  Top 10lar va jonli dasturlar efirga uzatmoqda. 2009- yil 16- noyabrda efirga boshlagan telekanal , Turk xalq va san’at  musiqasi bilan bir qatorda mahalliy va xorijiy musiqalar bilan Turkiya va dunyoning musiqasini  TRT sifati bilan efirga uzatmoqda.

TRT ARAPÇA

TRT- ElARABIYA Turkiyaning xalqaro va ayniqsa mintaqa o’lkalari bilan  bo’lgan aloqalariga ijobiy hissa qo’shish maqsadida faoliyat yuritayotgan TRT  El Arabia, Turkiya va Arab olamining mushtarak tili, mushtarak ekrani, mushtark hissiyoti bo’lish maqsadi bilan, har yoshdan tomoshabinga mos dasturlar tayyorlab,  yosh, xotin- qizlar, salomatlik, iqtisodiyot, drama, hujjatli, sport, musiqa, axborot, madaniyat, san’at, din, axloq va  o’yin- kulgi dasturlardan tashkil topgan boy bir mazmun bilan 2010- yilida efirga boshladi. Arab tilida gaplashgan, 22 Arab o’lkasi va arab tilida gaplashganlarga qarata tashkil etilgan  ushbu telekanal,  350 million aholiga ega arab o’lkalari bilan Turkiya o’rtasida aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan.

TRT TÜRK

TRT- Turk  dunyoga umuman turk tilida efirga uzatilib, Turkiya bilan Turk insonini tanituvchi dasturlari bilan, axborot, madaniyat, san’at faoliyati bilan, chet elda istiqomat qilgan yurtdosh va urug’doshlarimizning Turkiya va Turk madaniyati  bilan uzilmagan yagona  aloqasi va dunyoning qayerida yashasangiz yashang  muammolarining  himoyachisi,  qayg’u va xursandchilikka  sherik bir telekanaldir.

 

TRT KURDÎ

    TRT- Kurdi TRT xalqaro kurd tilida efirga uzatilgan kanal,  Turkiyaning xalqaro va ayniqsa mintaqa o’lkalari bilan bo’lgan aloqalariga ijobiy hissa qo’shmoqda. O’lkamizda birlik va yaxlitlikni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan telekanal, zamonaviy me’yorlarda har yoshdan tomoshabinga murojaat qilgan holda, Kurd tilidagi oila kanali TRT- Kurdi  2009- yilida efirga boshladi.

    TRT OKUL

    TRT MAKTABI 2011- yilida efirga  uzatila boshlagan TRT MAKTABga  Anado’lu nomidagi universitet tomonidan tayyorlangan dars  va ta’lim madaniyat dasturlari bilan bir qatorda, TRT tomonidan tayyorlangan barcha  yosh guruhlariga qaratilgan ta’lim, madaniyat dasturlari, qisqa spotlar, yoshlar yoshlar uchun  efirga uzatilmoqda.

    TRT 3

    TRT 3 Parlament faoliyatlari efirga uzatilgan TBMM TV va TRT Spor  Kanali, TRT 3 ekranlarida  o’z navbat bilan efirga uzatilmoqda.