Xorijiy Matbuot sharhlari 27.03.2019

Bugungi xorij matbuotida o'rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha sarlavhalar to'plami.

1171489
Xorijiy Matbuot sharhlari 27.03.2019

Germaniyaning “Deutsche Welle” teleradiokompaniyasi: BMT: “BMT tarkibidagi yevropaliklar Go’lan tepaliklari haqidagi qarorga qarshidir”.

Germaniyaning “Spiegel Online” veb-sayti: OAV yangiliklari: Adliya vazirligi bolalarning nazorat qilinishi haqidagi rejalarga qarshi chiqmoqda.

Germaniyaning “Stern” jurnali: Tadqiqot-Germaniyadagi imomlarning deyarli hammasi chet eldan kelmoqda.

 

Londonda arab tilida chop etilgan “Alsharq Alawsat” nashri: BMTning Xavfsizlik kengashi tarkibidagi 4 ta Yevropa davlati, AQShning Go’lan tepaliklari haqidagi qarorini rad etdi.

Londonda arab tilida chop etilgan “Al-Quds al-Arabi” gazetasi: Misrda, “terrorizm” ro’yhatiga yana 145 kishi kiritildi. Ulardan 2 nafari jurnalist.

Londonda arab tilida chop etilgan “Al-Quds al-Arabi” gazetasi: Ilhan O’mar: Gitlerning so’zlarini AQShning Vakillar palatasida takrorlagan senatni kim va qanday qilib javobga tortadi” dedi.

 

Fransiyaning “Le Figaro” nashri: Jazoir: Qurolli kuchlar Bosh shtab Boshqarmasi raisi, Prezident Butflikaning mamlakatni boshqarolmasligining ma’lum qilinishini talab qilmoqda.

Fransiyaning “Le Monde” gazetasi: Suriya, Xavfsizlik kengashining favqulodda yig’ilish o’tkazishini talab qildi.

Fransiyaning “Libération” gazetasi: Ruminiya, elchixonasini nima uchun Quddusga ko’chirganligini ma’lum qildi.

 

Ispaniyaning “El País” gazetasi: Ispaniyada 22-fevral kuni Shimoliy Koreyaning Madrid elchixonasi bosqiniga aralashgan va AQShga qochganligi aniqlangan 2 kishi ustidan xalqaro miqyosda qidirish va ularni nazorat ostiga olish bo’yicha buyruq chiqdi.

Venesuelaning “TeleSUR” telekanali: Venesuelada takror chiroqlar o’char ekan Davlat rahbari Nicolás Maduro bu haqida: "Venesuela hech qanday kuch oldida tiz cho’kmaydi” dedi.

Ispaniyaning “El Mundo” gazetasi: Kolumbiyaning sobiq Davlat rahbari Juan Manuel Santos: “Venesuela masalasiga harbiy jihatdan aralashishlik, yo’l qo’yilish ehtimoli bo’lgan eng yirik xatolardan biri bo’ladi” dedi.

 

Rossiyaning “Kommersant” gazetasi: Rossiyaning Bosh vazir o’rinbosari Dmitriy Kozak, Fordning Rossiyada faqatgina yengil savdo vositasi segmentida qolishi mumkinligini qayd etdi.

Rossiyaning “RIA Novosti” axborot agentligi: Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Qrimda, “Hizb-ut Tahrir” terror tashkilotini qo’llab-quvvatlaganlarning uylarida qidiruv ishlari olib bormoqda.

Rossiyaning “Lenta.ru” veb-sayti: Suriyada rus ofitserlarining o’limi haqida batafsil ma’lumot berildi.

 



Aloqador xabarlar