Xorijiy Matbuot sharhlari 18.03.2019

Bugungi xorij matbuotida o'rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha sarlavhalar to'plami.

1165776
Xorijiy Matbuot sharhlari 18.03.2019

Londonda chop etilgan arab tilidagi “Alsharq Alawsat” nashri:  Quvayt Yamanning rivojlanishi uchun beshta shartnoma imzoladi.

Livanning “Al-Hayot” nashri: Iroq-Suriya-Eron o’rtasidagi xavfsizlik masalasiga bag’ishlangan yig’ilish Damashqda bo’lib o’tdi.

Qatarning Al-Raya Al-Katariya nashri: Dubai, Isroilning olmos tijoratining eng asosiy markazi hisoblanadi.

Germaniyaning “Frankfurter Allgemeine Zeitung” gazetesi: Christchurch hujumidan keyin, hujumchi Sud oldida o’zini-o’zi oqlaydi.

Germaniyaning “Wirtschaftswoche” gazetasi: G’arbning birinchi nazorat tashkiloti - DEKRA Xitoydagi vositalarni ko’rib chiqadi.

Germaniyaning “Spiegel Online” nashri: Boeing 737 Max – muhandislik xatosi – uchuvchilar nima qilishni bilolmay qoldi.

Fransiyaning “Le Figaro” nashri: Sariq nimchalilar: Hukmron partiyalar yana bosim ostida.

Fransiyaning “Le Monde” gazetasi: Urushdan keyingi Suriyada qo’shin to’g’ri nuqtada.  

Fransiyaning “Libération” gazetasi:  Isroil saylovlari: Netenyahuning raqibining telefonu Eron tomonidan hacklandimi?

Ispaniyaning “El País” gazetasi: Ispaniya keldi-ketti qurilgan 122 000 firmaning faoliyatlarini ko’rib chiqmoqchi.

Ispaniyaning “El Mundo” gazetasi: Sebastián Piñera (Chili Prezidenti): “Diktator Nicolás Maduroning sanoqli kunlari qoldi”.

Argentinaning “El Clarin” gazetasi: Yangi Zelandiya hukumati jome’ masjidiga qarshi uyushtirilgan hujumlaridan keyin qurollanish qonunini qayta ko’rib chiqish haqida qaror qabul qildi.

Rossiyaning “gazeta.ru” axborot sayti: Putin Qrim va Sevastopolga tashrif buyuradi.

Rossiyaning TASS axborot agentligi: Mutahassislar Moskvadagi “Ostankino” televideniya markazida, bomba shubhasi tufayli tekshiruv ishlari olib bormoqda.

Turkrus axborot sayti: Turkiya-Rossiya Madaniyat yili 8-aprel kuni Bolshoy teatrda o’z ishini boshlaydi.

 

 



Aloqador xabarlar