Xorijiy Matbuot sharhlari 15.02.2019

Bugungi xorij matbuotida o'rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1145966
Xorijiy Matbuot sharhlari 15.02.2019

Ispaniyaning “El País” gazetasi: Bosh vazir Pedro Sánchez bugun muddatindan oldin o’tkaziladigan saylov kunini e’lon qiladi.

Ispaniyaning “La Vanguardia” gazetasi: Venesuelaning Kuba va Xitoy bilan bo’lgan shartnomalari natijasida olingan 933 tonnalik yordam ashyorlari mamlakatga yetib keldi.

Venesuelaning “Telesur” telekanali: Venesuelaning Oliy Sudi mamlakatning PDVSA neft-gaz shirkatining yangi yetakchi tayin qilish haqidagi qarorini yo’q deb hisobladi.

Londonda chop etilgan arab tilidagi “Alsharq Alawsat” nashri: AQSh vitse-prezidenti Mike Pence, “Eron Yaqin Sharqning tinchlik va xavfsizligi uchun eng yirik xavf hisoblanadi” dedi. 

Quvaytning “El Vatan” gazetasi: Iordaniyada yuz bergan ikkita portlash oqibatida 3 kishi jon berdi. Jon berganlardan tashqari 8 kishi tan jarohati oldi.

Livanning “Al-Hayot” nashri: Saudiya Arabistonining valiaxd shahzodasi Salmon Pokiston, Hindiston, Xitoy, Malayziya va Indoneziyani o’z ichiga olgan Osiyo safariga chiqadi.

Germaniyaning “ARD” telekanali: Save the Children hisobori: Har besh boladan biri, muammoli hududda umr surmoqda.

Germaniyaning “DW” telekanali: Yaqin Sharq konferentsiyasi – Eronga qarshi yangi ittifoqlar.

Germaniyaning “Bild” gazetasi: SPD (Ijtimoiy-demokratik partiyasi) ijtimoiy siyosatidagi yangi o’zgarishlar, partiyaning yana-da ko’proq ovoz olishiga yo’l ochdi.

Shveytsariyaning “Le Temps” gazetasi: Urush bo’layotgan davlatlarda, urushganlarga qaraganda ko’proq yosh bolalar jon bermoqda.

Fransiyaning “Libération” gazetasi: (Fransiya) Hukumat, internet orqali “nafrat” mazmunida post joylashtirganlarga qarshi tayyorlangan rejani, batafsil ravishda taqdim etdi. 

Fransiyaning “Le Parisien” nashri : (Fransiya) 14 ta siyosiy partiya antisemistlarga qarshi chiqish qildi.

Rossiyaning “Izvestiya” gazetasi: AQSh Senati Rossiya banklariga nisbatan kiritilish ehtimoli bo’lgan sanksiyalarni yumshatdi.

Rossiyaning “TASS” axborot agentligi: Rossiyaning Sog’likni saqlash vaziri, ruslarning spirtli ichimlikni qachon tashlashlariga qiziqdi. Davlat sog'liqni saqlash dasturlarining natijalari 3-5 yil ichida olinadi. Vazirning qayd etishicha, qanday cheklovlar kiritilishiga qaramay insonlarning, spirtli ichimliklarga bo’lgan ehtiyoji o’tmay turib, hech narsa o’zgarmaydi. Bu ham bo’lsa insonlarning o’z mexnatidan ko’ngli to’lishi va kelajakka optimist nazari bilan qarashiga bog’likdir.

Rossiyaning “Lenta” axborot sayti: Navbatdagi Maydan (Ukrainadagi inqilob sodir bo'lgan joy nomi) tsenariyi, G’arb tomonidan Moldovada yo’lga qo’yilishi mumkin. Mazkur iddioning egasi Rossiyaning Xavfsizlik tashkiloti kotibi Nikolay Patrushevdir.



Aloqador xabarlar