Xorijiy Matbuot Sharhlari 08.01.2019

Bugungi xorij matbuotida o'rin olgan ba'zi muhim yangiliklar sarlavhasi.

1121397
Xorijiy Matbuot Sharhlari 08.01.2019

El País: Bryussel, Yevropa ittifoqida raqamli savdo bozorini qulaylashtirish uchun virtual dunyo chegaralarini bekor qilmoqda. 

La Vanguardia: Oliy sud haftaning uch kunini 1-oktabr sud jarayoniga ajratishni rejalashtirmoqda.

Prensa Latina: Kuba Davlat rahbari Miguel Díaz-Canel 10-yanvar kuni rasmiy tashrif bilan Venesuelada bo’ladi.

Bild: Germaniyadagi kuchli qor yog’ingarchiligi va bo’roni hayot shartlariga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda.

Spiegel: Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an AQShning Suriyadan chiqib ketishi haqidagi qaroriga to’xtalar ekan Prezident Trumpning bu borada to’g’ri qaror berganligini qayd etdi.

Süddeutsche Zeitung: Turkiya Suriyada tinchlik o’rnatish masalasida yetakchi rol o’ynamoqchi.

Le Figaro: Fransiyaning (Suriyadagi) harbiy aloqasi AQShning chiqib ketish haqidagi qarori ortidan o’z kuchini yo’qotdi.

Le Monde: Misr, Isroil bilan bo’lgan harbiy hamkorlik e’tirofidan keyin qiyin ahvolda qoldi.

Alsharq Alawsat: Suriyaning sharqiga qaratilgan AQShning “Sykes-Picot”iga Turkiyaning norozichiligi.

ELHAYAT: Trump: Suriyadan ehtiyotli ravishda chiqib ketamiz va DEAShga qarshi kurashimiz davom etadi” dedi.

Alquds: Erdo'g’an: "AQSh va Rossiya bilan Suriyada faoliyat olib boradigan yagona davlat Turkiyadir” dedi.

Sputnik: Idlib masalasi bo’yicha Rossiya va Eronning Anqaradagi elchilari Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi.

Anqara, Ostona jarayonining kafil mamlakatlari Rossiya, Eron va Turkiya tomonidan qurolsizlashtirilgan hudud deb e’lon qilingan Idlibda, Suriya hukumati kuchlarining ilgarilashidan bezovta. Idlib masalasi bo’yicha Rossiya va Eronning Anqaradagi elchilari Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi.

Türkrus internet sayti: Fenerbaxche bugun oqshom Moskvada Khimki bilan kuch sinashadi. Chiptalar uchun online sotuvi yo’lga qoyilgan. Moskva basketbol bo’yicha Fenerbaxcheni mehmon qilmoqda. Bugun oqshom Turk havo yo’llari Yevropa ligasining 17-haftasida Fenerbaxche Rossiyaning Khimki jamoasi bilan kuch sinashadi.   



Aloqador xabarlar