Xolesterolga qarshi kurash uchun foydali maslahatlar

Xolesterinni qanday kamaytirish mumkin? Albatta, birinchi navbatda, siz xalq tabobati yordamida buni uddalashga harakat qilishingiz kerak.

1704006
Xolesterolga qarshi kurash uchun foydali maslahatlar

 

Xolesterol yog 'almashinuvining normal ishlashi uchun zarur bo'lgan aralashmadir. U jinsiy gormonlar ishlab chiqarishda, D vitamini hosil bo'lishida va hujayra devorlari va membranalarini sintez qilish orqali tana to'qimalarini tiklashda ishtirok etadi. Bugun biz inson organizmidagi xolesterol almashinuvi - uning roli, asosiy turlari va bosqichlari haqida suhbatlashamiz.

Sharq xalqlari hayotida “Kasallikni davolagandan ko‘ra, uning oldini olgan yaxshi”, degan taomilga amal qilinadi. Insonlarni salomatlik qoidalariga o‘rgatish ularning sog‘lig‘ini saqlash, kasalliklarning oldini olishga xizmat qiladi.

Xolesterol tanadagi har bir hujayra uchun zarurdir va ko'plab gormonlar tarkibida xolesterin bor. Biroq, inson organizmidagi yuqori xolesterin foydali ekanligini anglatmaydi. Boshqacha aytganda, xolesterol meyordan yuqori bo'lsa, inson organizmiga zarar yetkazadi. Shubhasiz, siz xolesterolning bir nechta turi borligini eshitgansiz, biri yaxshi va yomon.  Bu qon analizlarida aniqlanadi. Ularga HDL ya’ni yaxshi xolesterol va LDL ya’ni yomon xolesterol deyiladi.

Organizmdayomon xolesterin miqdori juda ko'p bo’lsa, bu tananing to'g'ri ishlashiga bevosita ta'sir qilishi mumkin, unda yurak, miya vatananing boshqa qismlari xavf ostida qoladi.   Yuqori xolesterin miqdori asosan turmush tarziga bog'liq.  Ya'ni ortiqcha semirishga olib keladigan yomon ovqatlanish va jismoniy mashqlarning yetishmasligidan kelib chiqadi.

Yomon xolesterin inson organizmida ko’plab muammolarga sabab bo’ladi. Ularni e'tiborsiz qoldirmaslik kerak, chunki bu umuman bizning sog'ligimizga zarar etkazishi mumkin: jumladan

  • Diabet
  • Polikistik tuxumdonlar
  • Buyrak muammolari
  • Qalqonsimon bez etishmovchiligi

Bundan tashqari, yomon xolesterinyuqori darajada yurak-qon tomir kasalliklarini keltirib chiqaradi.

Yaxshi xolesterin deb nomlanuvchi HDL to'qimalarda xolesterinni to'playdi va uni tashqariga chiqarishga imkon beradi.Yomon xolesterinesa, jigardan yog'ni to'playdi va qon tomirlari devorlariga joylashtiradi, agar ular ortiqcha miqdorda to'planib qolsa, ular to'siqni keltirib chiqarishi va yurak xurujiga olib kelishi mumkin.

Shu sababli, yomon xolesterolni normallashtirish yetarli emas. Yaxshi xolesterolni ko'paytirish kerak. Faqat yomon xolesterinni emas, balki yaxshi xolesterin darajasini ham nazorat qilish kerak.

Oziqlanishning ma'lum qoidalariga e'tibor berish va faol turmush tarzini qabul qilish orqali xolesterin muvozanatini saqlash mumkin.

Uy sharoitida yomon xolesterolni pasaytirish uchun quyidagi maslahatlarga quloq soling.

  1. Kuniga ikki marta och qoringa bir choy qoshiqda xandon pista yog'idan iste’mol qilish samarali bo'ladi.
  2. Haftada ikki yoki uch marta iste'mol qilinadigan yasmiq sho'rva bir tomondan xolesterin miqdorini nazorat qilishga, ikkinchi tomondan qon bosimini muvozanatlashga yordam beradi.
  3. Artishok, sabzi, sarimsoq va piyoz xolesterinni kamaytiruvchi xususiyatlarga ega. Masalan, piyoz xolesterolga qarshi kurashda yordam beradi chunki, uning miqdorini sezilarli darajada tushuradi. Shuningdek, qonni suyultiradi, shu orqali u qon bosimini tushuradi, qonni qo’yiqlashini oldini olib yurakni himoyalaydi. Piyozli mahsulotlarni kunlik iste’mol qilish saraton kasalligiga chalinishni kamayishi bo’yicha bir qancha ilmiy ishlar ham olib borilgan.
  4. Ko’k choy, zanjabil, jambil, na’matak o’simligidan choy damlab iste’mol qilish ham yomon xolesterolni tushirishga yordam beradi. Kun davomida bir necha stakan ko’k choy iste’mol qilish uy sharoitida eng qulay davolanish usullaridan biridir.
  5. Garmdori, zanjabil, jambil va mayda qizil qalampir ziravorlari ham foydalidir.
  6. Xom yong'oq, yong'oq va bodom yomon xolesterin miqdorini biroz pasaytirishi ma'lum. Biroq, uni ma’lum miqdorda iste'mol qilish kerak.
  7. Uzum urug'ining o'zi yoki uning kukuni ham yuqori xolesterolni pasaytirish xususiyatiga ega. Kuniga yotishdan oldin bir stakan suvga 2 ta yong'oqni maydalab soling, ertalab uyg'onganingizda bu suvni ichib, keyin yong'oq mag’zini yeyish orqali qisqa vaqt ichida xolesterin miqdorini kamaytirish mumkin. Bundan tashqari, bir stakan suvga bir choy qoshiq olma sirkasi aralashtirib iste’mol qilish ham xolesterin miqdorini kamaytirishga yordam beradi.

Umid qilamizki, ushbu maslahatlar sizlar uchun foydali bo’ladi. Keyingi dasturimizda uchrashguncha hayr salomat bo’ling!

 

Muallif shifokor Mehmet Uchar.

 


Tanlangan kalimalar: #xalq tabobati , #xolesterol

Aloqador xabarlar