Yevropadagi Matterhorn tog'ida turk bayrog'i tasviri...

 

 

Yevropaning eng baland cho'qqisi Matterhorn tog'ida Covid-19 epidemiyasiga qarshi kurashda qo'llab-quvvatlash maqsadida turk bayrog'i tasviri aks ettirildi.

Shveytsariyaning Italiya bilan chegaradosh hududida joylashgan tog'ning balandligi 4478 metrni tashkil qiladi. Ushbu osmono'par tog'ning cho'qqisida aks etgan oy yulduzli turk bayrog'ining tasviri barchani o'ziga rom qildi.

Zermatt Turizm ofisi ma'lum qilishicha, COVİD-19ga qarshi kurashda davlatlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida turk bayrog'ining tasviri tog'da aks ettirildi.

Ushbu tasvir tez vaqt ichida Shveysariyadagi turk ijtimoiy tarmoqlari orqali keng tarqala boshladi.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Shveytsariya rasmiylariga minnatdorlik bildirdi.

Matterhorn tog'ida ba'zi kunlarda koronavirusga qarshi kurashda hamjihatlik ifodasi sifatida turli davlatlarning bayroqlari tasviri yoritib kelinmoqda.

 

 


Tanlangan kalimalar: koronavirus , Covid-19 , Matterhorn tog'i