Turkiya dengiz kuchlari harbiy mashg'uloti boshlandi

 

Turkiya dengiz kuchlari bugun, 25 may kuni Egey va Sharqiy O'rta yer dengizida "Dengiz bo'ri-2021" harbiy mashg'ulotini boshladi.

Harbiy mashg'ulotlarda 132ta kema, 10ta suv osti kemasi, 43ta harbiy samolyot, 28ta vertolyot va 14ta uchuvchisiz boshqariladigan qurilma (dron) ishtirok etmoqda. Shuningdek, 2500 nafar harbiy xizmatchi mashg'ulotlarda faoliyat ko'rsatadi.

Mashg'ulotlar 5 iyungacha davom etadi.

 

 


Tanlangan kalimalar: Turkiya dengiz kuchlari