Toshkentdagi tarixiy masjidga Islom Karimov nomi berildi

Toshkent shahrida o’tgan yili yonib ketgan “Jo’rabek” jome’ masjidi qayta tiklanib unga bugun “Islom ota” jome’ masjidi nomi berildi. Bu haqida bugun 13 sentyabr kuni, O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti marhum Islom Karimovning kenja qizi, “Sen yolg‘iz emassan” xayriya jamg’armasi raisi, O’zbekistonning YuNESKOdagi doimiy vakili, O’zbekiston gimnastika federatsyaisining prezidenti Lola Karimova-Tillyayeva ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasi orqali xabar qildi.