Almazbek Atambayev marhum Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdi

Qirg’iz Respublikasi Prezidenti Almazbek Atambayev O’zbekistonga bo’lgan tashrifi chog’ida eng avvalo O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti marhum Islom Abdug’aniyevich Karimov qabriga gul qo’yib, marhum Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Eslatib o'tamiz Qirg'iz Respublikasi Prezidenti Almazbek Atambayev 2016-yilning 24-25-dekabri kunlari amaliy tashrif bilan O'zbekistonda edi.