Italiyada shokoladdan yasalgan pasxa tuxumlari...

Italiyada xristianlarning pasxa bayrami…

Italiyada shokoladdan yasalgan pasxa tuxumlari oltin va kumush bilan bezatilmoqda. Go'yo san'at asari bo'lgan tuxumlar xristianlarga oid pasxa bayramining ramzlaridan biriga aylandi.

Pasxa tuxumlari yangi hayot va Iso payg'ambarning qaytatdan tirilishining ramzidir. O'rta asrlarda tuxumlar turli rangdagi barglar va gullar bilan bezatilar edi va pishirilgach turli ranglarga bo'yalar edi.

Shokoladdan yasalgan tuxumlar esa, Italiyada odatga aylangan bo'lib, o'tgan yili shokoladdan yasalgan 31 million dona tuxum sotildi.


Tanlangan kalimalar: Italiya , bayram , pasxa , xristian