MİT Iroqning Hakurk hududida 2 nafar PKK/KJK terroristini yo’q qildi

Milliy Razvedka Tashkiloti (MİT) Iroqning Hakurk hududida o'z tayanch hududlariga hujum qilishga hozirlik ko'rgan bo'lginchi terror tashkiloti PKK/KJKdan 2 nafar terroristni Yo’q qildi.

2140264

Xavfsizlik manbalaridan olingan ma'lumotlarga ko'ra, terror tashkiloti PKK/JK a'zolari MİT  "Tufan Kocher" kodli Ahmet Bayar bilan “Mervan Zerevan” kod nomini olgan Ahmed İbrahim El Ahmedning Turk Qurolli Kuchlari bazasi hududiga kirib borish uchun ko’rsatma olgani aniqlandi.

Buning ustiga Iroqning Hakurk mintaqasida olib borilgan operatsiya natijasida harakatga tayyorlanayotgan terroristlar Bayar va El Ahmed  yo’q qilindi. Bayarning 2012-yilda terror tashkiloti PKK safiga qo‘shilgani, o‘tmishda Suriyada faol bo‘lgani va tashkilotning yuqori darajali a’zolari deb atalgan shaxslarning qo‘riqchisi bo‘lgani, 2014 yilida El Ahmed Qandilda suiqasd ta’limi olgani ma’lum bo‘ldi.

Tanlangan kalimalar: #Yo'q qilindi , #Terrorist , #PKK- KJK , #Hakurk , #Iroq , #MIT

Aloqador xabarlar