Prezident Erdoʻgʻan: Men Xamasni terror tashkiloti sifatida ko‘rmayapman

Prezident Erdoʻgʻan kecha rasmiy tashrif bilan poytaxt Anqaraga kelgan Gretsiya Bosh vaziri Kiriakos Mitsotakis bilan mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi.

2139130
Prezident Erdoʻgʻan: Men Xamasni terror tashkiloti sifatida ko‘rmayapman

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, Xamasning qarshilik koʻrsatuvchi xarakat ekanini yana bir bor ta’kidlab, mingga yaqin a’zosining Turkiyada davolanayotganini ma’lum qildi.

Prezident Erdoʻgʻan kecha rasmiy tashrif bilan poytaxt Anqaraga kelgan Gretsiya Bosh vaziri Kiriakos Mitsotakis bilan mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi.

Unda so‘z olgan Mitsotakis, Xamas va Turkiyaning Xamasga bo‘lgan ko‘z qarashini:

“Turkiya bilan Yaqin Sharq oʻrtasida turlicha fikr bor. Isroilning G‘azo hududiga kirishi va biz terror tashkiloti sifatida qabul qilgan Xamasning, Turkiya tomonidan farqli qabul qilinganini bilamiz”, - degan so‘zlar bilan ifoda etishi ortidan Prezident Erdo‘g‘an:

“Men Xamasni terror tashkiloti sifatida ko‘rmayapman”. – dedi.

Erdo‘g‘an o‘z so‘zini quyidagicha davom etdi:

“Xamas, 1947 - yildan beri tuproqlari ishg‘ol qilingan va tuproqlarini himoya qilgan qarshilik harakatidir. Afsuski, bu harakat Isroilning shafqatsiz hujumlarida 45 ming nafar qurbon berdi va u yerlar uchun kurashayotgan qarshilik xarakatidir. Biz buni ko‘rishimiz kerak. Xamasni terror tashkiloti sifatida qabul qilgudek bo‘lsak unda bu shafqatsiz yo‘ndashuv bo‘ladi. Men, Xamasni terror tashkiloti sifatida ko‘rmayapman. /…/. Bu yerda siz terror tashkiloti desangiz, biz xafa bo‘lamiz. Yurtimda 1000 dan ortiq Xamas a’zosi davolanmoqda. G‘arb ularga qarshi har qanday qurollar bilan hujum uyushtirmoqda. Bunga qarshi, bu tuproqlardan mahrum qilingan Xamasni siz terror tashkiloti desangiz unda bunga xafa bo‘laman”.

 



Aloqador xabarlar