Erdo'g'an Gretsiya Bosh vaziri Mitsotakis bilan qo'shma matbuot anjumani o'tkazdi

Prezident Erdo'g'an, kecha rasmiy ziyorat uchun poytaxt Anqaraga kelgan Gretsiya Bosh vaziri Kiriakos Mitsotakis bilan uchrashuvidan keyin uyushtirilgan mushtarak matbuot anjumanida gapirdi

2139161
Erdo'g'an Gretsiya Bosh vaziri Mitsotakis bilan qo'shma matbuot anjumani o'tkazdi

 

Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an

Gretsiya bilan terrorizmga qarshi kurash borasidagi hamjihatligimiz kuchayib bormoqda”. dedi.

Prezident Erdo'g'an, kecha rasmiy ziyorat uchun poytaxt Anqaraga kelgan Gretsiya Bosh vaziri Kiriakos Mitsotakis bilan uchrashuvidan keyin uyushtirilgan mushtarak matbuot anjumanida gapirdi.

Erdo'g'an, mehmon bosh vazir bilan bo'lgan uchrashuvda ikki tomonlama mavzularni batafsil ko'rib chiqqanliklarini va savdo hajmini 6 milliard dollardan 10 milliard dollarga oshirish maqsadida harakat qilishlarini ta'kidladi. "Terrorizmga qarshi kurashda Gretsiya bilan hamjihatligimiz kuchayib bormoqda. Mintaqamizning kelajagida terror tashkilotlariga oʻrin yoʻqligiga rozimiz.

“Aloqalarimizdagi ijobiy muhitning Gretsiyadagi turk ozchilik va vatandoshlar huquqlarini qondirishga hissa qo’shishini kutamiz” dedi.

Erdo’g’an, Kipr muammosiga oroldagi faktlar asosida adolatli va doimiy yechim topishning muhim ekanligini ta’kidladi.

“Bunday qadam mintaqamiz barqarorligi va tinchligini mustahkamlaydi.

Yunoniston Bosh vaziri Mitsotakis o'z nutqida, "O'rtamizdagi tushunish va munosabatlar muhiti doimiy ravishda yanada ijobiy tarzda rivojlanmoqda. " Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga a'zoligini qo'llab-quvvatlaganliklarini bildirdi.

 



Aloqador xabarlar