TRT ispan tilida efirga uzata boshlaydi

Turkiya radio va televideniye korporatsiyasi (TRT) tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, global media faoliyati bilan chegaralarni kesib o'tgan muassasa xalqaro raqamli xabar platformalariga yangisini qo'shmoqda.

2131904
TRT ispan tilida efirga uzata boshlaydi

 

TRT ispan tilida efirga uzata boshlaydi.

Turkiya radio va televideniye korporatsiyasi (TRT) tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, global media faoliyati bilan chegaralarni kesib o'tgan muassasa xalqaro raqamli xabar platformalariga yangisini qo'shmoqda.

Turkiyaning ovozini dunyo miqyosida eshittirish uchun sa'y-harakatlarini davom ettirgan TRT, bugun Istanbulda "TRT-Ispancha Gaplashuvchi Davlatlar 1-Eshittirish Sammiti"ni uyushtirmoqda.

Sammit doirasida ertaga TRT Ispaniya raqamli xabar platformasi tanishtiriladi.

Sammitda Ispaniya, Meksika, Kolumbiya, Argentina, Peru, Venesuela, Gvatemala, Ekvador va Boliviya kabi ispaniyzabon 18 davlatning ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etadi.  17 nafar bosh menejer, 21 nafar jurnalist, 16 nafar menejer hamda Turkiyada tahsil olayotgan 40 nafar Lotin Amerikasi va Ispaniyalik talaba ishtirok etadi.

Sammitda jurnalistlar uchun “Xalqaro jurnalistika” mavzusida seminar ham oʻtkaziladi.

Taqdimotdan so'ng turli panellar o'tkaziladi.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #efirga uzata boshlaydi , #Ispan tilida , #TRT

Aloqador xabarlar