Prezident Erdo‘g‘an: PKKning yo‘q qilinishi Iroqning ham foydasiga

Prezident Erdo‘g‘an Iroqqa bo‘lgan rasmiy tashrifidan qaytar chog‘ida, samolyotda, jurnalistlarning savollariga javob berdi.

2131029
Prezident Erdo‘g‘an: PKKning yo‘q qilinishi Iroqning ham foydasiga

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, PKK terror tashkilotining yo‘q qilinishi Iroqning ham foydasiga ekanini qayd etdi.

Prezident Erdo‘g‘an Iroqqa bo‘lgan rasmiy tashrifidan qaytar chog‘ida, samolyotda, jurnalistlarning savollariga javob berdi.

Kecha Iroqqa uyushtirilgan tashrifida oxirgi paytlarda jadal tus olgan ikki tomonli uchrashuvlarni ham qo‘lga olganliklarini ta’kidlagan Erdo‘g‘an ayniqsa terrorga qarshi kurash, savdo, transport, energiya va iqlim o‘zgarishining ta’siri kabi sohalarda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlarni baholaganliklarini bildirdi.

Yaqindagina PKK terror tashkilotining Iroq tomonidan taqiqlangan tashkilot deb e’lon qilinganini yodga solgan Erdo‘g‘an:

“Yurtimizning bundan qanchalik xursand bo‘lganini ifoda etdik”. – dedi.

Terrorga qarshi kurashni Iroq bilan birgalikda olib borish istagida ekanliklarini ta’kidlagan Prezident:

“PKK/ PYD/ YPG terror tashkiloti Iroq barqarorligi, taraqqiyoti va tinchligi uchun ham tahdiddir. Bu tahdidni yo‘q qilish, Iroqning ham foydasigadir. Ularning bu haqiqatni payqagani va uning yo‘q qilinishi uchun chora ko‘rajaklariga ishonchim komil. Iroqning rivojlanish istiqbollari va xalqaro sarmoyalarning xavfsizligi uchun bu terror chuqurlarining tekislanishi va Iroq uchun oydin kelajak yaratilishi shartdir. Nima bo‘lishidan qat’iy nazar biz terrorni yo‘q qilamiz. Bu borada qarorimiz qat’iydir. Terror va terror tashkilotlari bilan birgalikda yo‘l olganlarga, terror tashkilotlaridan foydalanganlarga aslo yo‘l qo‘ymaymiz”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.  

 



Aloqador xabarlar