Erdo‘g‘an yurtdoshlarini Milliy mustaqillik va bolalar bayrami bilan tabrikladi

Prezident Erdo‘g‘an, 23 - aprel Milliy mustaqillik va bolalar bayrami munosabati bilan X ijtimoiy tarmoq hisobida post qoldirdi.

2131084
Erdo‘g‘an yurtdoshlarini Milliy mustaqillik va bolalar bayrami bilan tabrikladi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an yurtdoshlarini, Turkiya Buyuk Millat Majlisi ochilishining 104 - yilligi hamda 23 - aprel Milliy mustaqillik va bolalar bayrami bilan tabrikladi.

Prezident Erdo‘g‘an, 23 - aprel Milliy mustaqillik va bolalar bayrami munosabati bilan X ijtimoiy tarmoq hisobida post qoldirdi.

Prezident unda quyidagi ifodalarga o‘rin berdi:

“Turkiya Buyuk Millat Majlisimizning ochilishining 104 - yilligi hamda aziz farzandlarimizning 23 - aprel Milliy mustaqillik va bolalar bayrami muborak bo‘lsin. Kelajagimizning garovi bo‘lgan farzandlarimizning har bir kuni bayram quvonchiga to‘lishini istayman.

Turkiya Buyuk Millat Majlisining ilk raisi, Ozodlik kurashimizning bosh qo‘mondoni, Respublikamizning asoschisi G‘oziy Mustafa Kemal Ataturk bosh bo‘lish bilan birga, yurtimizning bugunlarga yetib kelishiga salmoqli hissa qo‘shgan hammani hurmat ila yodga olaman.

Mustaqilligimiz va kelajagimiz uchun hech ikkilanmay o‘z jonlarini fido qilgan qahramon shahidlarimizning har biriga Olloxdan rahmat tilayman”.

 



Aloqador xabarlar