Turkiya bilan AQSh terrorga qarshi kurash masalasini qoʻlga oladi

Elizabeth Richard Turkiyaga tashrif uyushtirmoqda.

2130536
Turkiya bilan AQSh terrorga qarshi kurash masalasini qoʻlga oladi

Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) Terrorga qarshi kurash koordinatori vakili Elizabeth Richard Turkiyaga tashrif uyushtirmoqda.

AQSh Davlat departamentining Terrorga qarshi kurash koordinatori vakili Elizabeth Richard, AQSh - Turkiya Terrorga qarshi kurash maslahatlashuvlari doirasida bugun poytaxt Anqaraga keladi.

AQSh bilan Turkiya, terrorizmga qarshi kurash masalasida bir - biri bilan maslahat qilish ishlarini 2024 - yilning mart oyida AQSh poytaxti Vashingtonda boʻlib oʻtgan Strategik mexanizm yigʻilishlarida takror boshlatgan edi.

Elizabth Richard bilan uning Turk hukumati nomidan hamkasblari terroristlar sayohatiga monelik qilish; uyushgan jinoyatchilik bilan aloqasi borlarga qarshi kurashish; PKK, DHKP-J va DEASh kabi terror tashkilotlarining Suriya va Iroqda magʻlub boʻlishini ta’minlash; Afrika bilan Janubiy va Markaziy Osiyoda DEASh va al - Qoida bilan bog‘liq tashkilotlar tugʻdirgan tahdidlarga qarshi hamkorlik qilish maqsadida AQSh bilan Turkiyaning terrorizmga qarshi kurash hamkorligini kengaytirib, mustahkamlaydi.

Muzokaralarda, shuningdek, global moliyaviy kanallarning terror tashkilotlari tomonidan suiiste’mol qilinishiga qarshi yanada keng koʻlamli kurash olib borish yoʻllari qoʻlga olinadi.



Aloqador xabarlar