Oxirgi bir haftada 75 nafar terrorist ta’sirsiz holga keltirildi

Turk Qurolli kuchlarining terrorga qarshi kurashi mamlakatda bo‘lganidek, qo‘shni davlatlarda ham davom etmoqda.

2130014
Oxirgi bir haftada 75 nafar terrorist ta’sirsiz holga keltirildi

Iroq va Suriya shimolida terrorni o‘z manbasida yo‘q qilish uchun olib borilgan amaliyotlar davom etmoqda.

Oxirgi ikki haftada Iroq bilan Suriya shimoli ham doxil olib borilgan amaliyotlarda PKK terror tashkilotiga a’zo 75 nafar terrorist ta’sirsiz holga keltirildi.

Joriy 2024 - yilning 1 - yanvaridan beri ta’sirsiz holga keltirilgan terroristlar soni 748 nafarga yetdi. Ulardan 331 nafari Iroq shimolida, 417 nafari esa Suriya shimolida ekani qayd etildi.

Terror tashkiloti tarkibidan chiqishlar ham davom etmoqda.

Shu doirada Iroq shimolidagi boshpana hududlaridan qochgan PKK terror tashkilotiga a’zo 1 terrorist 4 - aprel kuni Haburdagi chegara postiga taslim bo‘ldi.

Milliy Mudofaa vazirligi manbalari, Iroq shimolidagi amaliyotlar uchun bu yilgi yoz mavsumida terror tashkiloti butunlay yo‘q qilinishini ta’kidladi.



Aloqador xabarlar