Turkiyadan G’azoga yuborilgan gumanitar yordam El-Arish portiga yetib bordi

Gumanitar yordamlar Turk Qizil Yarim Oy jamiyati tomonidan tashkil etilgan bo’lib, unda oziq-ovqat mahsulotlari, chaqaloqlar uchun tayyor kashalar, uyqu kombinizonlari kabi shoshilinch ehtiyoj mahsulotlari o’rin olgan.

2129816
Turkiyadan G’azoga yuborilgan gumanitar yordam El-Arish portiga yetib bordi

 

Turkiyadan G’azoga yuborilgan “9-mehribonlik kemasi” Misrning El-Arish portiga yetib bordi.

Yuk kemasida 3 774 tonna gumanitar yordam mahsulotlari o’rin olgan.

Gumanitar yordamlar Turk Qizil Yarim Oy jamiyati tomonidan tashkil etilgan bo’lib, unda oziq-ovqat mahsulotlari, chaqaloqlar uchun tayyor kashalar, uyqu kombinizonlari kabi shoshilinch ehtiyoj mahsulotlari o’rin olgan.

Avval xabar berilganidek, yuk kemasi 16 aprel kuni Turkiyaning Mersin portidan yo'lga chiqqandi. Kema 55 soatlik dengiz safaridan so'ng kechasi El-Arish portiga yetib bordi.

Portga tutash kemadan tushiriladigan gumanitar yordam mahsulotlari yuk mashinalari vositasida Rafah chegara darvozasiga olib boriladi.

Bu yerdagi bojxona tartib-qoidalariga amal qilgan holda gumanitar yordam Falastin Qizil Yarim Oy jamiyatiga topshiriladi.

Ma'lumotga ko'ra, Turkiya shu kungacha G'azoga 13 ta samolyot va 8 ta kema vositasida jami 39 ming 697 tonna gumanitar yordam yubordi.

 


Tanlangan kalimalar: #G'azo , #Turkiya

Aloqador xabarlar