HAMAS Turkiya prezidenti Erdo'g'anga minnatdorlik bildirdi

"Prezident Erdo'g’anning jasoratli bayonotlari va sharafli pozitsiyalari qardosh turk xalqining tarixiy va o’ziga xos pozitsiyasini ifodalaydi",-deyiladi Hamas harakati bayonotida.

2129074
HAMAS Turkiya prezidenti Erdo'g'anga minnatdorlik bildirdi

 

Falastinning HAMAS harakati Turkiya Prezidenti Rajab Tayyib Erdo'g'anning ular haqida aytgan iliq so'zlaridan mamnun bo'lganini ma'lum qildi.

Hamas harakati Prezident Erdo'g'anning kecha, 17 aprel kuni hukmron “Adolat va taraqqiyot” partiyasining parlamentdagi fraksiyasi yig‘ilishida so'zlagan nutqidan ko'p o'tmay, yozma bayonot berdi.

Hamas harakati Erdo'g'anning, "Mustaqillik urushi davrida Turkiya uchun Milliy kuchlar (Quvayi Milliye - Milliy Kuchlar) (1919-1923) qanday bo‘lgan bo‘lsa, HAMAS ham shunday" degan so'zlaridan quvonganini bildirdi.

"Prezident Erdo'g’anning jasoratli bayonotlari va sharafli pozitsiyalari qardosh turk xalqining tarixiy va o’ziga xos pozitsiyasini ifodalaydi. Xalqimiz bu bayonotlarni G’azo sektoridagi xalqimizga nisbatan o’z pozitsiyasida va xalqimizning o’z vatanini ozod qilish, u yerga qaytish va poytaxti Quddus bo’lgan mustaqil davlat qurish huquqini qo’llab-quvvatlash yo'lidagi kurashida jasur ovoz sifatida yod oladi”,-deyiladi Hamas harakati bayonotida.

Eslatma: Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an kecha, 17 aprel kuni hukmron “Adolat va taraqqiyot” partiyasining parlamentdagi yig‘ilishida ma'ruza qilib, "Hamas Turkiyada Quvayi Milliye Mustaqillik urushida aynan shunday bo'lgan. Albatta, buni aytishning o'z isboti borligini bilamiz",- degandi. U shuningdek, Turkiya HAMASni terrorchi deb hisoblamasligini eslatgandi.


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Hamas , #Turkiya

Aloqador xabarlar