Hakan Fidan AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken bilan uchrashdi

NATO tashqi ishlar vazirlari alyansning 75 yilligi munosabati bilan Bryusselda uchrashdi.

2125030
Hakan Fidan AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken bilan uchrashdi

 

NATO tashqi ishlar vazirlari alyansning 75 yilligi munosabati bilan Bryusselda uchrashdi.

Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidanning tashrifi bilan boshlangan yig’ilishning ikkinchi kunida asosiy kun tartib Ukrainadagi vaziyatga qaratildi.

NATO Ukraina kengashi yig’ilishiga qatnashgan Hakan Fidan, Bryusseldagi uchrashuvlari doirasida Germaniya Tashqi ishlar vaziri Annalena Baerbock va Gollandiya Tashqi ishlar vaziri Hanke Bruins Slot bilan uchrashdi.

Vazir Hakan Fidanning Annalena Baerbok bilan uchrashuvida terrorizmga qarshi kurash masalalari va mudofaa sanoati sohasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Hakan Fidan AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken bilan ham uchrashdi. Uchrashuv tafsilotlari ma'lum qilinmadi.

Vazir Hakan Fidan kecha Gretsiya, Finlyandiya, Janubiy Koreya va Bolgariya tashqi ishlar vazirlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o'tkazgandi.


Tanlangan kalimalar: #Entoni Blinken , #Hakan Fidan , #NATO , #AQSH

Aloqador xabarlar