Turkiya Eron elchixonasini nishonga olgan hujumni qoraladi

Tashqi Ishlar vazirligi, Damashqdagi Eron elchixonasini nishonga olgan hujum haqida bayonot berdi.

2124241
Turkiya Eron elchixonasini nishonga olgan hujumni qoraladi

Turkiya, Isroilning Suriya poytaxti Damashqdagi Eron elchixonasini nishonga olgan hujumini qoraladi.

Tashqi Ishlar vazirligi mazkur hujum yuzasidan bayonot berdi.

Unda, Isroil oxirgi paytlarda qo‘l urgan xalqaro tusdagi qoidabuzarliklariga yana birini ilova etgani ta’kidlandi.

“Isroilning Damashqdagi Eron elchixonasini nishonga olgan hujumini qoralaymiz”. – degan ifodalarga o‘rin berilgan bayonotda, nomi tilga olingan harakatning butun mintaqani o‘z ichiga olgan to‘qnashuvga aylanib ketishidan xavotir olinayotgani ta’kidlanib:

“Tegishli tomonlarni sog‘lom fikr va vazminlik bilan qadam tashlashga hamda xalqaro qonunlarga rioya qilishga chaqiramiz”. – deyildi.

Eronning Damashqdagi elchixonasi kampusidagi Konsullik binosiga qarshi tunov kuni uyushtirilgan havo hujumida, Eron Inqilobiy Gvardiya armiyasidan 7 kishi, jumladan 2 nafar general halok bo‘lgandi. Hujumda halok bo‘lganlar orasida suriyalik 6 kishi ham borligi va shular bilan birga halok bo‘lganlar soni 13 nafar ekani qayd etilgandi.

Eron mazkur hujum Isroil tomonidan amalga oshirilganini ma’lum qilar ekan, Tel - Aviv yetakchiligi esa mavzu haqida hali hanuz hech qanday bayonot bermadi.

Hujumga javob qaytarishini bildirgan Eron, AQShni javobgar deb topganliklarini o‘z so‘ziga ilova etgandi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Eron elchixonasi , #Isroil , #hujum

Aloqador xabarlar