Hakan Fidan Bryusselga jo‘nab ketdi

Belgiya poytaxti Bryusselda 3 - 4 aprel kunlari NATO tarkibidagi davlatlarning tashqi ishlar vazirlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tadi.

2124255
Hakan Fidan Bryusselga jo‘nab ketdi

Turkiya terrorga qarshi kurash masalasini NATO sammitida kun tartibiga olib chiqadi.

Belgiya poytaxti Bryusselda 3 - 4 aprel kunlari NATO tarkibidagi davlatlarning tashqi ishlar vazirlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tadi.

Unda Turkiya nomidan ishtirok etuvchi mamlakat tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan bugun Bryusselga jo‘nab ketdi.

Yig‘ilish kun tartibida asosan terrorga qarshi kurash, Ukrainadagi oxirgi vaziyatlar hamda Shvetsiya bilan Finlandiyaning NATO tarkibiga kirishi ortidan qayd etilgan ittifoqdagi oxirgi vaziyat, Vashington sammitiga tayyorgarlik ko‘rish masalasi o‘rin oladi.

Hakan Fidan yig‘ilishda NATOning terrorga qarshi birgalikda kurashishi zarurligi va buning NATO vazifalaridan biri ekanini ta’kidlaydi. Ayrim NATO a’zolarining PKK/YPG terror tashkiloti bilan sheriklik munosabatlariga kirishining qabul qilinishi imkonsiz ekaniga e’tibor qaratadi.

Hakan Fidan, shuningdek, ittifoqchilarning mudofaa sanoati sohasida bir - birlariga sanksiya kiritib, cheklov yo‘lga qo‘yishlari ittifoq ruhiga zid ekanini ham ifoda etadi. Yevropaning mudofaa va xavfsizligini samarali ta’minlash borasida Turkiyaning qanday ko‘z qarashda ekanini yetkazadi.

Mazkur tashrif doirasida Hakan Fidanning Britaniya, Germaniya, Bolgariya va Finlandiya Tashqi Ishlar vazirlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi ham rejalashtirilmoqda.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Hakan Fidan , #Bryussel , #NATO sammiti

Aloqador xabarlar